[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 5 из 26«12345672526»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » Islomiy SherlaR (Islomiy SherlaR)
Islomiy SherlaR
DiyoraДата: Jum'a, 25.Май.2012, 10:23 | Сообщение # 41

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ro'mol ichra berkingan
chiroy,
hijolatda qolar hatto oy,
jannatlarda qurilsin saroy,
munis
singlim, muslima singlim! Hasad
qilsa sizga be yuzlar, tillarida
shaytoniy so'zlar, qalbiz faqat
jannatni ko'zlar, munis
singlim,
muslima singlim! Shim kiyganni
hayosi bormi? Islom yo'li
ularga
tormi? sizdek qizlar dunyoda
bormi? Munis singlim,
muslima singlim!
Yuragingiz pokdur
bunchalar, namozlarda
yeg'lab
kechalar, ibrat olsin sizdan
nechalar, munis singlim, muslima
singlim!
Nomahramga boqmas
ko'zingiz, ma'nolidir har bir
so'zingiz, onam sizsiz, opam
o'zingiz, munis singlim, muslima
singlim!




Сообщение отредактировал LO-LO-LO - Jum'a, 25.Май.2012, 10:25
DiyoraДата: Jum'a, 25.Май.2012, 10:23 | Сообщение # 42

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Tinglamaysiz aslo
qo'shiqlar, yo'lingizda har xil
to'siqlar, xor bo'lsinlar nodon
fosiqlar, munis singlim, muslima
singlim!
Seriallarni vaqtin
kutmagan, hayosizni do'st
ham
tutmagan, robbisini hech unutmagan, munis singlim,
muslima singlim!
Qorilarga
bo'ling siz ona, ona bo'lsin
sizga qaynona, er xizmatin qiling mardona, munis singlim,
muslima
singlim!
So'zlarim chin menga
ishoning,
akangizman garchi siz toning, jannatiysiz shundan
quvoning,
munis singlim, muslima
singlim!
Ibodatdan topib halovat,
qilasizlar qur'on tilovat, baxtimizga bo'ling salomat,
munis singlim, muslima
singlim




Сообщение отредактировал LO-LO-LO - Jum'a, 25.Май.2012, 10:25
DiyoraДата: Jum'a, 25.Май.2012, 10:24 | Сообщение # 43

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Allohim bir qutlug' yo'lga chiqdik biz,
Ulug' karvoningdan ayibrib qo'yma.
Bu karvon ketmasin yo'llarda izsiz,
Dadil sarbonindan ayirib qo'yma.

Baland minoralar tashlansa ko'zga,
Osilib chiqishdan iloj yo'q o'zga,
Tutdek to'kilganda odamlar pastga,
Muxkam arqoningdan ayirib qo'yma.

Xammani saodat sari yetaklab,
Arqon ham bir kuni uzulgay yo Rab.
Qolganlar qulasa zaminga qarab,
Temir narvoningdan ayirib qo'yma.

Turli kitoblarni jamladi olam,
Ezozga arzigu garchi kitob kam,
Sandiqlar javonlar bo'shab qolsa ham,
Qalbni Quronningdan ayirib qo'yma.

Xarob aylama bas bizdek qullarni,
Kengligin oshirgil diniy yo'llani,
Qalbimizda ungan go'zal gullarni,
Halim bog'boningdan ayirib qo'yma.

Bir tuyg'u tufayli Jannat biz uchun,
Ul tuyg'u qalbni ham aylagay butun,
Amalni unutib qo'ysak ham bir kun,
Illo iymoningdan ayirib qo'yma.




Сообщение отредактировал LO-LO-LO - Jum'a, 25.Май.2012, 10:26
DiyoraДата: Shanba, 26.Май.2012, 05:54 | Сообщение # 44

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
ALLOH BO'LSIN RABBINGIZ,
JANNAT BO'LSIN UYINGIZ,
ISLOM BO'LSIN DININGIZ,
BAXTLI O'TSIN UMRINGIZ,




Сообщение отредактировал Diyora - Dushanba, 28.Май.2012, 03:31
DiyoraДата: Dushanba, 28.Май.2012, 03:24 | Сообщение # 45

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Tushdir menga Xudoyim, Sevilmasam sevmasam. Evoh nechun kelganman, Jon kirsin bu yurakka. Ishq ber menga xudoyim, Yaqinlarim yiroqdan. Tinmay meni yomonlar, Kongil tashna tolgonar. Tushunmaydi nodonlar, Ishqsiz holimni xrob. Kordim allaqachonlar, Rahm et joni halakka. Ishq ber menga hudoyim, Kapalakday beqonim. Yillar otdi nechalar, Yuragimda ogib bosh. Qon yeglaydi gunchalar, Yulduzlarni soginib. Talpinar dil kechalar, Uchay songsiz falakka. Ishq ber menga hudoyim, Konglimdagi kemtikni. Dunyo aslo tolldirmas, Farishta siymo malak. Xushroy zebo toldirmas, Halovatim angladim. Ishqqa bogliq chambarchas, Yetkaz yolgiz tilakka- Ishq ber menga Xudoyim.



Сообщение отредактировал Diyora - Dushanba, 28.Май.2012, 03:31
DiyoraДата: Yakshanba, 03.Iyun.2012, 05:54 | Сообщение # 46

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Тушларингни қиблага ўнглаб
юкунмоққа жой ҳозирладим.
Саждага мажбурланган кўнглим
гул истайдур. Қул озурдадир.

…Кўзёш сояси тусдаги
тушларингдан мен не орттирдим?
Сени кўрмоқ истагиними,
Наҳот шунга тушингга кирдим?

Бу истакни тушларингсиз ҳам
йўғирарди кўнгил армонга,
соат сай, тоат сай, дамодам...

Худо сени бермас, биламан,
ташна қилар бир савол қонга:
мен ўзимни нима қиламан?


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:40 | Сообщение # 47

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Dunyoda jamiyki azizdan aziz
JOYNAMOZ ustida ötirgan odam,
Bir chetga sura olgan dunyo
g'amini JOYNAMOZ ustida
ötirgan odam.
Mayli gardanida gunohlari bor,
Balki komillikka yetmagan bu
dam. Qaradim chehrasi nurli ul-
g'ubor JOYNAMOZ ustida ötìrgan
odam.
U salom berguncha dunyo jim
tursin,
Bir qarang yig'laysiz köz
yoshlaridan. JOYNAMOZ ustida
ötirgan odam, u balki
mendirman balki sizdirsiz, balki
biz tanimas g'arib bir olam, nima
bölganda ham suyganim yolg'iz
JOYNAMOZ ustida ötirgan odam....


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:40 | Сообщение # 48

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Namoz ulug’ ibodatdir, Yaratganga
itoatdir. Gunohlarga kafforatdir,
Namoz bilan ikki dunyo saodatdir.
Namoz bilan mushkulimiz bo’lar oson,
Og’ir ishlar bo’lgusidir yengil
ravon,
Kundan kunga nurli bo’lar qalbda Iymon,
Namoz bilan tan jonimiz salomatdir.
Namozdan
so’ng niyat duo ijobatdir, Komil
Namoz ajri “Firdavsi Jannatdir”.


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:41 | Сообщение # 49

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
O'tayotgan kunimizni ma'nosi yuqdir
Qilayotgan ishimizga foyda ham
yoqdir
Savdogarning xaridorga insofi
yo'qdir
Afsus bu kunimizning davosi
yo'qdir Bu zamonning qizlarini ibosi
yoqdir
Kiyayot kiymlari hayosi yo'qdir
Yigitlar ham aldab ketar vafosi
yo'qdir
Afsus bu kunimizning davosi yo'qdir
Musulmanlar bordir lekin
mo'mini yo'qdir
Namozini o'qir ammo zakoti
yo'qdir
Aytgan so'zi dono biroq amalda yo'qdir
Afsus bu kunimizning davosi
yo'qdir
Aldovlar ham ko'paymoqda
sadoqat yo'qdir
Omonatga xiyonatlar adolat yo'qdir
Nahot bu xiyonatga jazolar
yo'qdir
Afsus bu kunimizning davosi
yo'qdir


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:42 | Сообщение # 50

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
O’LIMNING VASFI
Shoxlar o‘z taxtidan tushganin
ko‘rdik,
Harobaga do‘nmish bog‘lar ham
so‘lim.
Oxiri barchamiz xulosa qildik:
"Eng katta mav’iza aslida o‘lim!"
U ustun bo‘larkan, yengilmas
ekan,
Istagan paytida buyurar tashrif.
Faqat o‘lib ketgan insonlargina
Unga aytolurlar xolis bir ta’rif.
Bu ta’rif shundayki, unda yo‘q
aldov,
U birovga kelmas ikki bukilib.
O’lim dunyodagi eng noqulay
yov,
U urush ochmagay vaqt e’lon
qilib.
Qur’onda ta’rifi kelganidek, u
Faqat oldimizdan qarshi
chiqarkan.
Dunyoning yuz karra chempionin
ham
Oddiy bir zarb bilan yerga
yiqarkan.
O’limni o‘ldirib bo‘lmas yoronlar,
U bizga tegishli bo‘lmagan olam.
Indamay bosh egmish
sohibqironlar,
Biz bilmas tezlikda o‘lim kelgan
dam.
O’lim kelganida qolmay bittamiz,
Hammasi yo‘q bo‘ldi
g‘animatlarning.
O’lim sharbatini totmog‘ligimiz
Haqiqatrog‘idir haqiqatlarning.
O’lim bir kularkan, bir yig‘lar
ekan,
Mo‘min huzurida ko‘zida kulgu.
Baqirtirib jonni sug‘urganida
Kofir yuzlaridan sapchiydi
qayg‘u...
Odam Ato tushgan davrdan
buyon
O’lim savdosiga izn berilgan.
Qanday mavqelarda
yashamasinlar,
Barchasi qabrga bir-bir terilgan.
Alloh elchilari o‘ldilar, shuning
O’zi yetarli bir hikmatdir bizga.
Kuniga qabrga kirayotganlar
Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga.
Agar biz o‘limdan ibrat ololsak,
Boshqa bir da’vatning bo‘lmas
keragi.
O’limdan nasihat olmaganidan
To‘xtasa yaxshidir inson yuragi...


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » Islomiy SherlaR (Islomiy SherlaR)
Страница 5 из 26«12345672526»
Поиск: