[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 2 из 19«12341819»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » Узбекистон машхур шоирлари ижодидан
Узбекистон машхур шоирлари ижодидан
DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:39 | Сообщение # 11

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Uyqudagi qiz

Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.

Bu dunyoda hech sendek
Qiz yo`q edi tur singlim,
O`zing orzu qilgandek,
To`y qilamiz, yur singlim.

Oy yuzingga bir nafas,
Harir ro`mol o`rarsan.
Gulgul yonib muqaddas
Chimildiqqa kirarsan.


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:40 | Сообщение # 12

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Biz baxtli bo'lamiz

Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik…

Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing -
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:41 | Сообщение # 13

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun -
Kokillaridan?..

Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:41 | Сообщение # 14

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Men esa
Oshig`ing sening -
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:42 | Сообщение # 15

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
O'p meni

Mening g`animlarim bulutdan ham ko`p,
Ortimdan soyadek yurishar to`p-to`p,
Salomat ekanim ham bir g`animat,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Ko`ngil yig`lar, qara ko`zlar tonmoqda,
Ko`kragimga ko`ksing qo`ygin - yonmoqda,
Chayqalib turipti ruhim tamoqda,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Ey mening jallodim, ey mehribonim,
Ko`kim tuproq mening, tuproq - osmonim,
Tilimning uchida turipti jonim,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Tun deganlari bu - tilsiz bir tilsim,
Tushi to`liq cho`g`mi, o`qmi, kim bilsin?
Tongda turarmanmi-yo`qmi, kim bilsin?..
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:43 | Сообщение # 16

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Jon shunday uzilsa, bu - oson o`lmoq,
Sevsang, sitamingdan o`ldir meni, moh.
Qoshlaring dog` bo`lsin, sochlaring - sirtmoq,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Bizlar - ojiz banda, ajaldir - hakam,
Oshiqma deb meni, bo`g`magin, erkam.
Bo`sangdan bo`g`ilib o`lay o`lsam ham -
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:44 | Сообщение # 17

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Tushlarimga kir

Kapalakday kelib,
Qoshingga qo`nib,
Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi...
Nima ham ko`ribman men yigit bo`lib?
Sochingni silashga qo`lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.

Tovoning o`padi ariqdagi suv,
Ko`ylaging etagin o`padi maysa.
Men-chi, bir giyohcha bo`lolmadim-ku,
Ey, ko`zlari jayron, kiprigi nayza!
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir.

Ko`chib borayotir bu umr - karvon,
Kunlarning bo`ynida yurak qo`ng`iroq.
Men senga armonu sen menga armon,
Ko`nglimning to`rida tutar shamchiroq.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir...

Kapalakday kelib, qoshingga qo`nib,
Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi.
Qolding bag`rimda jonimdek bo`lib,
Sochingni silashga qo`lib yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir...


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:45 | Сообщение # 18

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Maktub

Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim og`riyverar sizni o`ylasam.
Gulday yuzinggizni silar endi kim,
Meni eslarmisiz - yo`qmi o`shal dam...

Bulutlar ko`k kezar kunda piyoda
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug` dunyoda,
Sizni o`ylamasdan yasharman qanday?

Ko`nglim ayvonida kuz hushtak chalar,
Ko`zimdan yosh bo`lib yog`adi yaproq.
Do`stlarim - takabbur shoirvachchalar
O`zlarin sevishar yoridan ko`proq.

Kunlarning kaftida sevgi xanjari,
Bag`rimda begunoh bir gul so`ladi.
Toychoqqa aylanib goh kechalari,
Tuproqqa ag`anab yotgim keladi!..


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:45 | Сообщение # 19

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim yomon og`rir sizni o`ylasam.
Sunbul sochingizni silar endi kim,
Meni eslaysizmi-yo`qmi o`shal dam.

Bilmayman,
Bilishni istamayman ham,
Bilganim - menga baxt nasib etmadi.
Yillar o`taverdi, ko`zim o`ngidan,
Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi...

Dunyo omon bo`lsin,
Siz bo`ling omon,
Omadli bo`ling siz.
Baxtli bo`ling siz.
Lekin,
Bilib qo`ying,
bilib qo`ying hamon
Sizni unutolmas Muhammadingiz!


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:46 | Сообщение # 20

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Tilak

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo`llariga aso - bir tayoq tushsin.

Imoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,
To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.
Jismiga so`nggi safar oldidan
O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin.


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » Узбекистон машхур шоирлари ижодидан
Страница 2 из 19«12341819»
Поиск: