[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 2 из 15«12341415»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » OTA ONALARIMIZGA SHERLAR
OTA ONALARIMIZGA SHERLAR
DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 07:56 | Сообщение # 11

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Onajon

Topmoq - yo'qotmoqdir,
Yo'qotmoq – topmoq,
Sen so'lib,
Men yashab,
To'lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko'proq yo'qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig'latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..

Sog'inch haqda she’rlar
Yozdim o'zimcha,
Mendan peshonangda
Dog'lar tizimcha.
O'g'il bo'lmay o'lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug'sang netardi,
Ko'proq qiz tug'sang!..
Tirgak bo'lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo'l qarab bo'ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko'zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo'qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O'z etimni o'zim
Yeyishimga boq.

Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo'limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig'aymi,
O'tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko'k ag'daraymi?..
Itdek oyog'ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo'nishimga boq.Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O'lim oldida ham
G'amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko'nishimga boq.

She'rim bitdi,
Xayir,
Do'stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O'rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko'nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O'rtanmang menday.


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 08:01 | Сообщение # 12

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Onamga

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko'rib yorug' dunyoda,
Toshkanni ko'rmagan bechora onam,
Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi!..

Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q,
Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g',
Menda yurak deganlarin o'zi yo'q:
Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam?..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo'qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim She'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt?..

Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho'kib, qo'lingni o'psin.
Undan ham ulug'im borligin ko'rsin,
Men uchun ham aziz holingni so'rsin,
Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!..


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 08:04 | Сообщение # 13

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Oftobsan, sendan
bir soyaman, Ota.
Sochni oq, bag'rimni
esa bosar g'am.
Ona, senga nafim
tegmadi hatto,
Ostonang qo'rigan
kuchugingcha ham.
Sodiq o'shal itni
do'stdek qucharman,
Men bugun kuchuklar
uchun icharman!..


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 08:05 | Сообщение # 14

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Onamdan xat

O'g'lim, jigargo'sham, anytgin-chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to'shaklarga mixlab qo'ydi bod,
Kelsang bir ko'rsamu… o'lsam mayliga.

Chakka o'tgan eski tomga o'xshayman,
Ko'zimdan yomg'irlar to'kilar tinmay.
Bu yorug' dunyoda bormi, bilmayman,
O'z o'g'li yo'liga intizor menday…

Hayhotdek hovlida qoldim bir o'zim,
Nima xayollarga bormasman ba’zan.
Sog'misan ishqilib, qo'rqaman, qo'zim,
Podsholar haqida she’rlar yozasan.

O'ynashib bo'larmi shohlar bilan, ayt,
Qishloqi joningga she’rdan ne huzur?
Zeriksang — bepoyon yaylovingga qayt,
Siqilsang — dashtlarda ot choptirib yur!

Faqat xayolingdan chiqargin she’rni,
(Kimgadir yoqmasmish chinmi-yolg'omni),
Axir, sen yozmasang o'sha Boburni,
Shoirning urug'i qurib qolganmi?..O'g'lim, jigargo'sham, aytgin-chi nahot,
Achinmaydi joning onang holiga?
Meni to'shaklarga mixlab qo'ydi bod,
Kelib bir ko'tarib chiqqin hovliga.

Qo'lingda jon berib o'lsam mayliga…


DiyoraДата: Shanba, 02.Iyun.2012, 08:13 | Сообщение # 15

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ota (Armonim bor)

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.

Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim,
Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.

Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O'lgunimcha endi undan ayrilmasman -
O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor. Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor,
Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.


DiyoraДата: Yakshanba, 03.Iyun.2012, 02:08 | Сообщение # 16

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sogindim onajon erkalashlariz
Sogindim onajon meni quchishiz
Sogindim onajon goh so'kishlariz
Sogindim onajon sizni sogindim
Samolarga yetarmikan men kuylagan kuylar
Onamga yetarmikan men yozgan sherlar


DiyoraДата: Yakshanba, 03.Iyun.2012, 02:09 | Сообщение # 17

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Otam kulganida juda yayrayman,

Olamga bir boshqa ko’zla qarayman,

Ollohga shukur deb hech charchamayman,

Otam tabassumin yaxshi ko’raman.


DiyoraДата: Yakshanba, 03.Iyun.2012, 02:10 | Сообщение # 18

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Qo’llari qadog’im, dilda ardog’im,

Kunduzi quyoshim, tunda mayog’im,

Meni erkalaysiz, deya qarog’im,

Erta kech boshimda sizsiz parvonam,

Menga oq sut bergan mehribon onam


DiyoraДата: Panshanba, 09.Avgust.2012, 12:07 | Сообщение # 19

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir?
Nomusmi, vijdon bila imonmi kerakdir?

Temur ila Chingiz qoni toshdi tomurimda -
Aytgil,Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir?

Yov suqg'ali kelgach,qilichini yuragingga,
Tush oldiga,ol ko'ksumi - qalqonmi kerakdir?

Boq,boq,mana turk tengizi toshqun qila qoldi,
Turon yovini quvg'ali to'fonmi kerakdir?

Turon, yigiting,barchaga boq,qalqdi oyoqg'a,
Yurtda qorovul qo'yg'ali arslonmi kerakdir?


DiyoraДата: Panshanba, 09.Avgust.2012, 12:09 | Сообщение # 20

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
[code]Ota-onam savlatim,
Duogo‘yim, davlatim.
Qo‘lingdadur Ollohim,
Umrini ziyoda qil!

Ular bizning baxtimiz,
Shundan baland taxtimiz.
Xizmatidur ahdimiz,
Umrini ziyoda qil!

Etaklasin nevara,
Atrofida chevara,
Ergashsin-a evara,
Umrini ziyoda qil.

Bo‘lmasin-a armonim,
Duolari darmonim.
Qo‘sh qanot, soyabonim,
Umrini ziyoda qil


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » OTA ONALARIMIZGA SHERLAR
Страница 2 из 15«12341415»
Поиск: