[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 15 из 89«1213141516178889»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
DiyoraДата: Seshanba, 29.Май.2012, 08:28 | Сообщение # 141

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
EY OLLOXIM BILMAM QANDOQ GUNOX QILDIM,
QAYSI NOPOK MANZILLARGA QO'YDIM QADAM.
ARMON BO'LIB O'Z-O'ZIMNI BAG'RIM TILDIM,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?!


DiyoraДата: Seshanba, 29.Май.2012, 08:29 | Сообщение # 142

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
ASLIDA BAXTIM XAM SHUSIZ BUT-BUTUN,
DO'STLARIM YONIMDA PARVONA BUGUN.
EY OLLOXIM BILMAM NE UCHUN,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?


DiyoraДата: Seshanba, 29.Май.2012, 08:29 | Сообщение # 143

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
YILLAR O'TIB BORAR, DARDIM ICHIMDA,
KO'RGIM KELAR UNI XATTO TUSHIMDA.
SHU TASHVISH KAM EDI MENI BOSHIMDA,
SHUNDOQ... MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM..


DiyoraДата: Seshanba, 29.Май.2012, 08:29 | Сообщение # 144

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
ENDI SOG'INMAYMAN, BO'LDI YETAR, BAS!
O'YLAMAY YASHAYMAN SIZNI MEN BIR DAM.
YURAGIM SO'ZIMGA ITOAT QILMAS,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?!


DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 02:06 | Сообщение # 145

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Shunchalik taqdir yo`l tashladi
Uzuq – uzuq oq chiziqli yo`llar
Sehirli xislar sen tomon boshladi
Bu yo`l meni koshonanga yo`llar

Koshanayi yurtinga bormoqdaman
Yo`llar bilan termulib sirlashmoqdaman
Ko`chalar goh keng, gohida torayar
Men esa faqat seni hayolsurmoqdaman

Men emas balki qalbim tortar
Go`zalim yurti o`ziga tortar
Naqadar ko`rmoqlik ortar
Diydor qilar meni bedor

Oshiqanman juda diydoriga
Qarshi borsamda so`zlariga
Kelma desa ham bormoqdaman
To`ymoq uchun uning diydoriga

Ne bo`lsa ham bormoqdaman
Kelma desa ham bormoqdaman
Men esa faqat seni hayolsurmoqdaman
Ne qilay axir sog`ingan edimda.


DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 02:11 | Сообщение # 146

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ilk muhabbat
Yonib turgan qalbimni muzlatding nechun?
Taqdir bizni ajratdi, ajratdi nechun?
axir ajratarkan, uchratdi nechun
Meni eslab turgin ilk muhabbatim.

Muhabbat azoblari boshlandi netay,
Alamdan yuragim g`ashlandi netay,
Ko`zim qarog`lari yoshlandi netay,
Dilimdasan doim, ilk muhabbatim.

Dil bog`ida gul bo`lish-bir baxt emasmi?
Sen-la baxtli bo`lish-chin baxt emasmi,
Sevilish baxtning ham baxti emasmi,
Sen meni unutma ilk muhabbatim!


DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 02:12 | Сообщение # 147

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ko'nglimni tushunmas suyganim.
Yonsa ham ishqida yuragim
Ortidan zor qolar tilagim.
Bilmasmi qanchalar kuyganim?
Ko'nglimni tushunmas suyganim.
Yonsa ham ishqida yuragim
Kelib bir holimni ko'rmasa,
Dardimni bir bora so'rmasa?
Bormikin aslida keragim,
Yonsa ham ishqida yuragim?
Ortidan zor qolar tilagim.
Quloq ham solmaydi arzimga,
Nahotki jon so'rar qarzimga?
Istasam sochini silagim
Ortidan zor qolar tilagim.
Bilmasmi qanchalar kuyganim?
Yo bilib bilmasga oldimi,
Qalbiga shubxa in soldimi?
Ko'rdiku?! Yo'lida turganim?
Bilmasmi qanchalar kuyganim?
Ko'nglimni tushunmas suyganim:
- Menda ham muhabbat bor,-dedi,
Lek qalbim xokimi or edi...
Taqdirmi peshonam urganim?
Ko'nglimni tushunmas suyganim.


DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 02:16 | Сообщение # 148

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ko`zimga tor bo`ldi bu keng olam ham,
Dardim aytsam hatto yorildi tosh ham,
Men yig`lagan tunda yig`ladi oy ham,
Sevib sevilmayin yashadim netay?
amrohim yor emas, yolg`izlik bo`ldi,
Dardimni do`stimmas tun tinglar edi.
Boshimni sen emas, g`am silar edi,
Sevib sevilmayin yashadim netay?
Qalbim guli ochilmay bo`ldilar xazon,
Yuragim sevgimni qumsaydi har on.
Chin dildan sevgandim so`zimga ishon,
Sevib sevilmayin yashadim netay?


DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 02:17 | Сообщение # 149

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Tunda osmonda porlar yulduzlar,
Qalbda hayajon, befayzli tunlar.
Sendir yodimda har lahza jonim,
Sog'inganda seni,seni, eslayman
Eslab seni hech unutolmayman,
Qalbimda bir azob qiynaydi meni,
Sevish gunohmi degan savolim.
Javobsiz qolur nega bilmayman,
Boylik ustunmi sevgidan doim.
Azobga solar har xil mishmishlar,
Tashvishli kunlar xijronli tunlar,
Zulmat ichra qolgan qalbim men bilan
Dardu, alam, istirob xasrat men bilan
Taqdirim shu ekan endi, ne qilay
Bezib qolgan hayotdan umidsiz ketib,
Balki yetib borar man do'zox yo`liga


DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 02:37 | Сообщение # 150

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
San bilan har kuni, o'tkan shirin suxbatni
bugun yolg'iz o'tirib, esga oldim kulfatni
yuragimga azob berib, ketding o'zga bag'riga
man jar solardim sevgimni, sig'mas edi olamga

tushonolmayman aybim sevgimmi yo xatoim
san mandan kechib ketding, kimga aytay faryodim
yuzlarimdan dumalaydi erkak bo'lsam xam yoshim
sen ketishinga sabab, ota onam yolg'izim

Otam ko'ra olmaydi, onam gapira olmas
bu taqdirning sinovini, yuragim ko'tarolmas
sevgim edi haqiqiy, yolg'on sevmadim seni
sen aytgin yorim menga, sevganmiding sen meni

Ota onamdan kechding yuragim butkul ezding
Jigaringizdan keching, bu so'zni qanday ayting
Sevgimni chin isboti ulardan kechish emas
san uchun jonim beray Jigardan kechib bo'lmas

Men ularning farzandi xaliyam asal qandi
to'g'ri yashayman doim sabab nasihat pandi
ota onam bo'lmasa meni uchratmas eding
ular duosin olay menga keraksiz bo'lding


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 15 из 89«1213141516178889»
Поиск: