SEVGILIM UCHUN sherlarim - Страница 16 - °๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ °
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 16 из 93«1214151617189293»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 02:39 | Сообщение # 151

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sabab o'zing bilasan ulardan voz kechmasman
qandaydur muxabbatni ustunroq qo'yolmasman
mani sevgim ollohimga mehrim ota onamga
doimo yodingda tut tilayman bahtni senga


DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 02:41 | Сообщение # 152

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Bugun yana o'sha oppoq qorlar yog'a boshladi
esingdami san bilan qorli kunda tanishgan edik
qorli kunda ayrldik
Birga o'tkazgan eng bahtli kunlarimni eslab
o'tgan umrimga nazar soldim
Biz qanchalar bahtli edik
endi bo'lsa darga ko'mildim
yo'q bunda sani ayblamiman
axir manga shu dardni san bergan bo'lsang xam
bu zulmat umrimga quvonch olib kirgan xam o'zing
sandan yagona iltimosim bahtli kunlarimizni eslab turseng bas
shuni o'zi man uchun kotta baht
man faqat sani hayollarin bilan yashiman

Yog'ayotgan qor parchalarini kuzataman
ular naqadar oppoq
shunchalar beg'uborki
shular bilan o'zimni ovutaman
baribir sani yoding qiynidi mani
sani eslamasdan o'tkan vaqtimni o'zi yo'q
nega doim xayollarimdasan
bilaman bu sevgi
nima sevgi shunchalar beshafqatmi
bizni ayirib nima topgan ekan
taqdirga tan bermasdan boshqa iloj yo'q


DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 02:41 | Сообщение # 153

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sansiz o'tdi kunlarim
sansiz o'tdi tunlarim
yolg'izgina sirdoshim
faqatgina men o'zim
tinglagin sanga so'zim
yo'laringda zor ko'zim
kelarmisan yana ayt
kutaman yonimga qayt
Vafosizni vafoli deb
sevgisizni sevgilim deb
qaysar qizni erkatoyim deb
aldandimi adashdimi


DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 03:29 | Сообщение # 154

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Tuni kun xayolim meni senda ayt jonim qasding bormi seni menda
Tuni kun xayolim meni senda ayt jonim qasding bormi seni menda

Nega qiynaysan dardim bilmaysan nechun meni hech ayamaysan

Nega qiynaysan dardim bilmaysan nechun meni hech ayamaysan

Tarifga til ojiz hudo haqi Go'zalsan

Tuni kun xayolim meni senda

Ko'rgala havas bilan qarashadi kimni yori ekan deb so'rashadi

Bir kulgin qani qani jonim meni tabassuming o'zinga yarashadi

azil yozsam g'azall lekin to'g'riga avzal tosh bag'ir bo'lma aslo jonim meni

SEVAMAN SENI

Nega qiynaysan dardim bilmaysan nechun meni hech ayamaysan

Tarifga til ojiz hudo haqi Go'zalsan

Tuni kun xayolim meni senda


DiyoraДата: Chorshanba, 30.Май.2012, 03:31 | Сообщение # 155

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Dunyo borki sevgi bor
sevgi esa betakror
go'zallarning go'zali
SEVGI OLAMIda bor
kimdur tushida ko'rar
kimdur o'ngida ko'rar
bu hasta yurak esa
tinmasdan urib turar
borligini eslatar
muxabbat xar zamonda
kerak bo'lsa yig'latar
yetmaganda qadriga


DiyoraДата: Yakshanba, 03.Iyun.2012, 05:45 | Сообщение # 156

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga yo'ldosh bo'lsin eng ulkan dardlar,
Eng mitti dardlar ham o'rtasin sizni.

Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin sz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.

Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayapman, sizni sog'inib...


DiyoraДата: Yakshanba, 03.Iyun.2012, 05:47 | Сообщение # 157

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga yo'ldosh bo'lsin eng ulkan dardlar,
Eng mitti dardlar ham o'rtasin sizni.

Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin sz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.

Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayapman, sizni sog'inib...


DiyoraДата: Yakshanba, 03.Iyun.2012, 05:49 | Сообщение # 158

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
O'z-o'zimdan o'ylay boshlayman
Anglab yillar sabog'in bir-bir.
Kimlar biln qadam tashlayman,
Tiriklar kim, shahidlar kimdir?

Bu o'y meni tutar bexato,
ikki karra kesarman puxta.
Tiriklardan bo'lmagach sado,
Marhum zotlar der menga:
-To'xta!

O'tganlarni o'ylasang bu kun,
Riyo qilma, o'rtangan bag'ir,
Haq to'ladik xotira uchun,
Eng katta haq to'ladik, axir!..

Taqiqlovchi belgi va qo'rg'on
Menga bo'lsin, ayturman baland,
Haq so'zimni, tilamay omon,
Xotiramning huquqi bilan.


DiyoraДата: Yakshanba, 03.Iyun.2012, 06:08 | Сообщение # 159

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Сени кутдим,
Жуда кўп кутдим,
Кутавериб сарғарди юзим.
Йўлларингда мен қонлар ютдим,
Оқиб тушди нигорон кўзим.

Кўрмас бўлдим дунёни ортиқ,
Йўлларингни мен кўрмас бўлдим.
Лек Тангримдан
Келди-ку тортиқ -
Озод бўлган қул каби тўлдим:

Юрагимдан бериб акс садо
Чиқиб келдинг, ниҳоят, эй Сен!..
Кўрар бўлди кўрмас кўзларим,
Сен - кўзларим. Кўрадирман мен...


DiyoraДата: Yakshanba, 03.Iyun.2012, 06:09 | Сообщение # 160

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Сен умримга баҳор олиб кел,
Қайтиб кетмас баҳор бўлсин у!
Тиниб қолмас алёр бўлсин у,
Сен умримга баҳор олиб кел!..

Кўп бўлсину унда гулзорлар,
Хушбўйлари кўнглимни тутсин.
Бошларига ёғмасин қорлар,
Ҳижронларни тамом унутсин.

Сен умримга баҳор олиб кел,
Кўзларимда кузлар эрисин.
Гул атрин ол, сабо бўлиб ел,
Юрагимда музлар эрисин...

Сен умримга баҳор олиб кел,
Қишнинг қотил қиличи синсин.
Кўзларимда оқиб турган сел
Сени кўриб мангуга тинсин.

Сен умримга баҳор олиб кел,
Ҳамда ўлмас умид ва нажот!
Сенга қараб яшай олай мен,
Сенга қараб куйлай умрбод!..


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 16 из 93«1214151617189293»
Поиск: