SEVGILIM UCHUN sherlarim - Страница 31 - °๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ °
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 31 из 93«1229303132339293»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:00 | Сообщение # 301

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sеn bo'lmasang, shu och to'lqinlar
Ko'rinmasdi sira ko'zimga,
Sеn bo'lmasang o'zimning ko'nglim
Kirmas edi aytgan so'zimga.

Sеn bo'lmasang, etmasdi xursand
Suv ustida suzib yurgan oy.
Hamisha sho'x, doimo baland,
Yulduzdagi jon yoqar chiroy.

Qarashlaring tinchimni olib,
Chеrtib kеtdi qalbim torini,
Shundan kеyin sеzdim yurakda
Shuncha kuchli o'tning borini.

Aytib bеr-chi, shuncha sеvganlar
Bo'lganmikin mеncha baxtiyor?
Aytib bеr-chi, qaysi qiz burun
Sеvib bo'lgan umid bilan yor


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:02 | Сообщение # 302

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ko‘zingda chaqmoqqa o‘xshash o‘tli nam,
Ranging siniqishi, lab titrashi sir.
Balki, hisni bo‘g‘ib, irodangga jim
Yolvorasan, kuch ber, bo‘lmay deb asir?

Ko‘mib yubormoqchi sen tul yoshliging,
U - faqat yashnashga qodir tabiat.
Balki, baxt bekasi atagan kishing –
Ruhi ham istamas xazoning bevaqt?

Bilsang, daraxtni sindirar bo‘ron,
Nihol bo‘lsa, yana o‘sar gurkirab.
Balki, yo‘q ta’nalar, andisha, gumon,
Baxtga haqqing yutar, diling zirqirab?

Yarim taqdir go‘yo siniq ko‘zgumish,
Hayot taqozosi baxt bekamlikdir.
Balki, to‘kqiz guling bilmasdan so‘lish,
Pok hisning amriga kirmak kerakdir?


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:03 | Сообщение # 303

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Bilardim dunyoda borligingizni,
Meningdek telbaga zorligingizni,
Sevgim asir etdi borlig'ingizni,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...
Yig'lardim ko'zimni qoralar qilib,
Tig'lardim o'zimni poralar qilib,
Tunlarda uxlamay nolalar qilib,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...
Bilmadim, men sizni qanchalar kutdim,
Aqiq lablarimda g'unchalar tutdim,
Sizni ko'rgan ondan o'zni unutdim,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...
Samoda charx urgan qushlardan emas,
So'ngiga yetmagan tushlardan emas,
Oshnolardan emas, heshlardan emas,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...
Hijron damlarini bo'lmaydi cheki,
Aslida baxt uchun yaralgan edim.
Sizga bo'lgan sevgim shunday edi-ki,
Men sizni Xudodan so'ragan edim ..!


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:04 | Сообщение # 304

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Istaysizmi-yo‘qmi,
gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi,
qaytib kelaman.
Sog‘inmagan
ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni
sevaman.
Oy botadi –
yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q
samimiy.
Tabiatning qonunidek
tabiiy –
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni
sevaman.
Quchog‘iga yashirmaydi
xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘
biyobon.
Sizga nima, kuysam
o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni
sevaman.
Chaqmoq kalit bo‘ldi
qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning
zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q
mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni
sevaman
Boshingizda yaproq
bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib
aytaman.
Tuproqdayam mushtoq
bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni
sevaman.


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:04 | Сообщение # 305

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sevaman desam yoqasan deding,
O'zingga boshqa qiz topasan deding.
Yo'q yolg'iz sani sevaman desam,
Axir biz shunchaki do'stmizku deding.
Hayotim,xayolim, qayg'uyim, rohatim
Sen bilan bog'liq bo'lib qolganin bilmading
Isming, ko'zlaring, so'zlaring jonim
Yuragimda o'yilib yozilganin bilmading.
Yolg'onlar bilan mani ko'mib tashlading,
Sevishimga qaramay mani ko'nglim g'ashlading.
Baribir jonim sani hamon sevaman,
Ishongin manga sani baxtli qilaman.


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:05 | Сообщение # 306

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Qachonladur manga chin dildan yaxshilik qimoqchi bo'sen,
qachonladur mani judayam xursand qimoqchi bo'sen,
qachonladur man sani bundanam qattiqroq sevishimni xolasen,
qachonladur man dunyodigi eng baxtli inson bo'lishimni
va bu dunyodan bearmon o'tishimni xo'lasen...
ishon jonim manga "Sizni sevaman"degan so'zingni o'zi kifoya.


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:06 | Сообщение # 307

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Bo'ldi yetar bas,
Boshqa manga keremas,
Sani qiynoqlaringa yurak bardosh berolmas.
Bo'ldi endi qimiman sanga aslo qo'ng'iroq ,
Mayli mani yuragim chiksada ming ming firoq.
Aslo endi chiqmiydi sevdim degan bu sado,
Mayli jonim yaxshi qol endi sangayam ALVIDO.


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:06 | Сообщение # 308

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Unutmaysizmi?
Yaxshi qoling...
Alvido endi...
Ko'z yoshimga bermang e'tibor.
Sizni topish orzuim edi,
Yo'qotmog'im qismatimda bor.
Siz ham olmang-
Qolsin shamolga
Dardlarimiz, gunohlarimiz...
Ko'zlarimda qotgan sovolga
Turtinadi nigohlarimiz:
Kutmaysizmi...
Unutmaysizmi...


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:07 | Сообщение # 309

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Yaxshi bo’ldi - sendan ayrildim,
Ketmog’im-chun topib berding yo’l.
Bu dunyoda seni topdim, deb,
Yo’qotibman o’zimni butkul.

Yaxshi bo’ldi, yechildi bugun,
Oyog’imdan bu zanjir, bu g’ul.
Ikki dunyo seni shohim deb,
Qul qilibman o’zimni butkul.

Yaxshi bo’ldi, yomon bo’lsa ham,
Yuragimni ezsa ham darding.
Men aqlini topgan telbaday,
Poylaringdan boshim ko’tardim.

Kechir, ozor berib mehrimda,
Zeriktirdim, men sodda, men-go’l.
Bu dunyoda sen borsan dddeb,
Boshqalardan kechibman butkul.

Xudoyimning jazosi qutlug’!
Sendan ketdim, ey qahrili gul.
Shukr, shukr seni yod etib,
Unutmabman Xudoni butkul.

Shuning-chun ham omon bo’l endi,
Men bariga silkib qo’ydim qo’l.
Angladimki, seni yo’qotsam.
Xudoyimni topaman butkul!

Endi xayr, endi alvido!
Bari ro’yo, bari sarob, kul.
Dargohingga sig’maganimday,
Yuragimga sig’massan butkul.

Men mehrmand, telba go’dakdek,
Ko’z yoshimga yomon toyrildim.
Yaxshi edi… seni topganim,
Yaxshi bo’ldi… Sendan ayrildim


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:07 | Сообщение # 310

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ne qilganim bilmayman o’zim
Sog’inganda ko’rolmas ko’zim
Azob berma qo’ygim dilmga
Yo’lg’on edi aytgan ul so’zim

Jonimdan xam o’rtiq ko’rardim
Ey jonim-a seni suyardim
Aytolmadim ox yonishlarim
Yuragingda yot bor bilardim

Ko’zim yumsam qarog’imda sen
Yonishlarim so’rog’imda sen
Jonin bergan ul aldovlarga
Berolmagan javobimda sen

Bilolmayman ne kechar xolim
Yuragimchi o’zimga zolim
Gar men seni sultonim desam
Bo’lolmaysan meni xech yorim

Sog’inganda og’u yutarman
Ayting siz-siz yashab netarman
Shudir mening eng to’g’ri yo’lim
Bu dunyodan yolg’iz ketarman!


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 31 из 93«1229303132339293»
Поиск: