SEVGILIM UCHUN sherlarim - Страница 32 - °๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ °
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 32 из 93«1230313233349293»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:08 | Сообщение # 311

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Tinch qo'y meni bevafo,
Endi seni sevmayman.
Yaramga yo'qdir davo,
Endi seni sevmayman.

Yuragimni parchalab,
Unutaman barini,
Ketvoraman boshqalab,
Endi seni sevmayman.

Bo'ldi ismim tutmagin,
Eshitmaydi qulog'im.
Men tomondan o'tmagin,
Endi seni sevmayman….


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:08 | Сообщение # 312

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Endi, jonim, sochlaringni boshqa qo’llar silaydi,
Senga ko’kda yulduzlar tuganmas baxt tilaydi,
Taqdir nega yuragimni buncha qattiq sinaydi,
Endi mendek oshiq hatto tushlaringga kirmaydi.
Birga sayr qilishlar endi menga begona,
Hayotimni saqlab turgan ilinj eding yagona,
Men uchun sen endi yo’qsan, bo’lib qoldim devona,
Endi ko’nglim aqlimning so’zlariga kirmaydi.
Men dunyoni tark etaman, sen hatimni olganda,
Mening ruhim shod bo’ladi, sening baxting kulganda,
Men senga kim bo’libman, yoningda yoring turganda,
Istaymanki, endi qalbing armon nima, bilmaydi


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:09 | Сообщение # 313

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
AFSUS NASIB ETMADI VISOL,
USHALMADI ORZU ISTAKLAR,
AFSUS BO`LDI BARCHASI ARMON,
QALBNI QIYNAMOQDA ENDI HIJRON.

AFSUS SEVDIGU LEK YETISHOLMADIK,
XATTO BAXT NELIGIN TUYOLMADIK,
AFSUS CHIDAMOQGA MENDA YO`Q BARDOSH,
YUZLARIMNI YUMOQDA ENDI KO`Z YOSH,

AFSUS BO`LDIK SHUNCHALAR YIROQ,
HATTO ESHITILMAS QALB SO`GINCHI,
AFSUS BO`LDI BARCHASI BEKOR,
QALBLAR BO`LMOQDA ENDI INTIZOR.

AFSUS ADASHDIK ISHQ BOBIDA,
QOLDIM YOLG`IZ SEVGI BOG`IDA,
AFSUS YO`LLARIMIZ BO`LDI AYRO,
QILMADIK BIZ VADAMIZGA VAFO!!!!


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:09 | Сообщение # 314

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Qadirdonim, qadrimga etmading
Yog'u-borim, borligim bilmading
Sevdim sani, sevgim anglamading
Orzuim eding,armonim bo'lding
Azizim.... yolg'izim eding, yolg'iz qoldirding
Mehribonim eding, mehirga zor aylab ketding
Hayotimda eding,hayollarimda qolding
Ko'zlarimni nuri eding,
Afsus, ming afsus ko'z yoshlarimga aylanding


DiyoraДата: Chorshanba, 27.Iyun.2012, 06:09 | Сообщение # 315

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Bahor bo’lib bog’larimga gul to’shar edim,
Hayotimni yoritgan bir nurga o ’xshar eding,
Afsus seni seni endi yo ’qotib qo’ydim,
Meni sevgim, mening sevgim!
Bahor bo ’lib bog’larimga qaytarmikansan,
O ’zimga dil so’zlaringni aytarmikansan,
Afsus seni seni endi yo ’qotib qo’ydim,
Meni sevgim, mening sevgim!
Izlaganim-topmaganim,
Sog ’inganim-yetolmaganim
O’ylab-o’ylab to’ymaganim
Meni sevgim, mening sevgim!


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:39 | Сообщение # 316

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Bu dunyoni armonsiz tark etolmayman,
Anglab yetdim orzuimga yetolmayman,
Kutmaganda sen hiyonat qilding menga,
Kechir sevgim endi senga qaytolmayman.

Qani edi yuragimga qorlar yog’sa,
Muhabbatim izlarini yuvib ketsa,
Shunda senga yurak dardim aytolmayman,
Kechir sevgim endi senga qaytolmayman

Seni yonib sevdim qadrimni bilmading,
Muhabbatimni nimaga kech anglading?
Yolg’iz meni sevgan sodiq yor bo’lmading,
Kechir sevgim ortiq seni sevolmayman.


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:40 | Сообщение # 317

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sog'inib-sog'inib sog'inch tugadi,
Ishonib-ishonib ishonch tugadi.
Seni azoblaring davri butkul tugadi,
Qalbimda yo'q endi senga tuyg'ular!!!

Endi bor menda vafodor bir yor,
U go'zalni menday vafodori bor.
Bugun bo'lding mana mansiz hor,
Kechir menda qolmadi senga tuyg'ular!!!

Sen ayb qilarding lekin men gunohkor,
Goyoki men bevafoyu sen vafodor,
Seni chindan sevib bo'ldim aybdor
Bugun menda yo'q senga tuyg'ular!!!

Seni sevganman o'zimdan ortiq,
Senga edim birgina vafodor sodiq.
Dunyoda yo'q edi sendanda ortiq,
Lekin afsus qolmadi senga tuyg'ular!!!


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:41 | Сообщение # 318

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Bo'ldi endi, butkul umidlar so'ndi,

Senga deb uzgan gullarim so'ldi,

Gumonlarim bari rost bo'ldi,

Yolg'onlaring menga do'st bo'ldi?
O'zingcha bir menga vafodor eding,

Shuncha vadalarni nega berganding,

Qo'l siltab o'shanda mendan kechganding,

Qaytar ekansan nega ketganding?!!!
Sen deya yurakda sevgim ham so'ngan,

Senga deb uzgan gullarim so'lgan.

Orzular armonga aylanib bo'lgan,

Seni deb armonni ko'ngli ham to'lgan!!!
Qolmagan menda zarracha tuyg'u,

Sen ketib menga yor bo'lgan qayg'u.

Bildim dunyo ekan aslida bir kam,

Men sensiz yashab o'lmadim erkam!!!


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:42 | Сообщение # 319

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Aytgin bugun yolg'onsiz ko'ngil so'zlaring,
O'zgalar qalibdan aytgin nelar izlading?
Chin sevgimni shuncha o'yinchoq qilib,
Bugun mendan kechib kimni ko'zlading.

Sevdim seni yolg'ondan emas,
O'zgalar qalbini qalbim tanimas.
Endi mendan butkul dardlar arimas,
Mendan kechib bugun kimni ko'zlading.

Afsus yolg'on ekan sevdim deganing,
Yolg'ondan shuncha vaqt vafodor eding.
Mendan ortig'idan nima istading?
Bugun mendan kechib kimni ko'zlading.

Aytgin tanlaganingdan bir kamim bormi?
Yo bechora qalbdimda alaming bormi?
Endi menga sensiz armonu alamlar yormi?
Mendan kechib kimni, neni ko'zlading?


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:43 | Сообщение # 320

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Qalbimni og'ritding azobga qo'yding
Bilmayman ne uchun pichoqsiz so'yding,
Bilmayman ne edi alaming mendan
Bilmayman ko'zlaring nafratdan yongan.
Seni ko'rsam qalbim titroqqa to'lar
Eskirgan yaralar yana yangilar,
Seni ko'rsam yurak to'xtovsiz urar
Sendan uzoq bo'lsam qalbim sog'inar.
Diydoring munchalar nafratli ekan
Bilmadim ne ekan alaming mendan,
Bilmadim muxabbat qo'rqinchli ekan
Yurak bezib ketar alamlaringdan.
Sen meni ko'rganda kulmaysan bir bor
Ammo yuragingda ne adovat bor,
Ayt. Meni qiynama muxabbatim bor,
Xayotda keladi muxabbat bir bor.
Bezdirma xayotdan qiynama meni
Yuragim yarimdir shundoq ham jonim,
Xayotim o'tarkan azob har onim
Seni eslaganda yig'laydi jonim.
Ketmoqni istaydi tandan madorim
Sening tuyg'ularing xech bilolmadim
Sendan kechib jonim xech yasholmadim,
Nega har on doim qiynading
Yurakdagi darding oshkor qilmading.
Ayt neni xoxlaysan azoblarimmi,
Yetmasmu shunchalik qiynoqlarimchi
Kun sayin ortadi dardim, g'amlarim,
Fikring bilolmadim faqat qiynading.
Qalbimda qolmadi yagona baxtim
Sen eding borim ham yagona taxtim,
Xayotda qolmadi sevgiga ishonchim
Yuragim adoyu,ko'nglim g'amga lim
Xayotdan bezdirding nafrat qahriga
Yagona sen o'zing giriftor etding.
Muxabbatim xorlab adolar etding
Qalbimga osmoncha orzu uyg'otding.
Eng go'zal tuyg'uni sevgi satrini
Bilomay o'tasan kimni sevishni,
Bilmayman baxtmi azobmi taxtmi
Sendan tortib olmayman sendagi baxtni.
Sen meni qanchalar qiynoqqa solding
Qalbimga qo'rquvni giriftor qilding,
Alamingni olib ko'nglimdan o'tding
Muxabbat, sevgidan, yiroqda bo'lding.
Sen meni ko'rganda kulmaysan bir bor
Ammo yuragingda ne adovat bor
Ayt. Meni qiynama muxabbatim bor
Xayotda keladi muxabbatim bir bor


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 32 из 93«1230313233349293»
Поиск: