[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 33 из 89«1231323334358889»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:44 | Сообщение # 321

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Bilmadim ne ekan alaming mendan,
> Bilmadim muxabbat qo'rqinchli ekan
> Yurak bezib ketar alamlaringdan.
> Sen meni ko'rganda kulmaysan bir bor
> Ammo yuragingda ne adovat bor,
> Ayt. Meni qiynama muxabbatim bor,
> Xayotda keladi muxabbat bir bor.
> Bezdirma xayotdan qiynama meni


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:45 | Сообщение # 322

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ko'rgan kunim sarob bo'ladi,
O'tgan kunim harob bo'ladi.
Ichgan suvim sharob bo'ladi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Ko'zim kulib ko'nglim yig'laydi,
Bag'rim ezib orom tig'laydi.
Yuragimga qil ham sig'maydi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Bo'lsa masixlar kuni agarda,
Ko'tarilsa g'iborlik parda.
Qarama deb qilmagin zarda,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Hazon bo'lar ochilgan gullar,
Ishq bog'ida tutashmas yo'llar.
Kuylab navo qilmas bulbullar,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Muhabbatni ko'zi ko'r bo'lur,
Hijronla g'ami zo'r bo'lur.
Bu peshonam o'zi sho'r bo'lur,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:46 | Сообщение # 323

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Maftun etmas maftunkorlar xam
Qiziqtirmas ko'ngli borlar xam
Yuragimni tirnar bitta g'am
Qaniydi xozir sani bir bora ko'rsam
Qalbingizdan o'chmas bo'lib izim qolur
Sog'inganda meni aslo topolmaysiz
Chexrangizda ma'no boqqan ko'zim qolur
Dunyo kezib o'shal ko'zni topolmaysiz.
Hayolingiz olib ketsa yiroqlarga
Javob topmay qiynalsangiz so'roqlarga
Taskin topmay bosh ursangiz oyoqlarga
Taskinlarga loyiq so'zni topolmaysiz.


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:46 | Сообщение # 324

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Qurib qoldi ko`zda yoshim,
Yurak to`lsa yig`lolmayman.
Hijronga etmas bardoshim,
Shodlikka dil bog`lolmayman.
Qafasdagi qushcha misol,
Yoningga hech borolmayman
Suvdek oqib ketdi visol,
Tushimda ham ko`rolmayman.
Olis yulduz bo`lding ko`kda,
Yakin turib yetolmayman.
Dardimni tangrimdan o`zga,
Hech kimsaga aytolmayman.
Ey bevafo, bu qilmishing,
Ne deb atay bilolmayman.
Hushim yo`qdir baxt tilashga,
Baxtsizlik ham tilolmayman.
MUHABBATdan kechib ketding,
Men-chi bunday qilolmayman.
Bir umrga armon bo`lgan
MUHABBATdan ketolmayman.


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:47 | Сообщение # 325

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ko'zlarida g'am gardidan surmalari
Uchib ketdi bu ko'ngilning turnalari.
Ey siz, mening g'aribgina kulbalarim,
Sizni tashlab samolarga ketolmayman.

Gulyuzligim yuz noz ila burdi yuzin,
Men ko'z yumsam, kipriklarim so'ydi ko'zim.
O'z-o'zimga azon aytib, qo'ydim ism...
Endi o'shal zebolarga ketolmayman.

Kecha qadah to'qishtirib hilol bilan
Gulob ichtim yolg'iz do'stim Iqbol bilan.
Bugun qo'lda ikki bo'lak safol bilan
Iqbollarga, safolarga ketolmayman.

Endi faqat sabolarni sog'inish bor,
Elas-elas navolarni sog'inish bor,
Olis-olis ziyolarni sog'inish bor,
Aks o'zimman, sadolarga ketolmayman.

Onasidan arazlagan bola kabi
Bu olamdan burilgandir mening labim.
Ey, onamdek g'aribgina kulbalarim,
Sizdan go'zal dunyolarga ketolmayman.


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:49 | Сообщение # 326

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Qani quyosh, qani oy,
Qani jilg"a, qani soy.
Sevib qoldim hoynahoy
Sizni ko"rgim kelayapti.

Quyosh bitta, siz bitta,
Sizday go"zal qiz bitta.
Men ham oshiq yigitda,
Sizni ko"rgim kelayapdi.


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:49 | Сообщение # 327

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Qani endi tulin oy bolsam,
Nurlarimni senga sochardim.
Sochlaringga yulduzlar taqib,
Muhabbatga keng yo'l ochardim.

Qani endi, shabboda bolsam,
Sochlaringni u'ynardim suyib.
Qani endi zilol suv bolsam,
Jamolingga qarardim tu'yib.

Qani endi ko'z yoshing bolsam,
Kiprigingga qu'nardim asta.
Yuzlaringdan sekin u'rmalab,
Aylar edim dilingni hasta.

Qani endi kamaring bo'lsam,
Bellaringdan mahkam quchardim.
Ertakdagi humo qush misol,
Sening bilan ko'kka uchardim.

Qani endi dugonang bo'lsam,
Yuzlaringdan u'pib olardim.
"Shu yigitga qaray qol"- deya,
Aldab seni yo'lga solardim.

Bu'lsam edim sening yulduzing,
Charaqlardim senga kunlari.
Kitob bo'lib qolsam sen sevgan,
Uhlatmasdim seni tunlari.

Qani endi bo'lsam quyoshing,
Porlar edim umrbod sen chun.
Gu'zal, senga shudir tilagim:
Yashnab yurgin har qachon gulgun.


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:51 | Сообщение # 328

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sevgi bormi bu dunyoda bilmasman,
Sevganimga hamon eta olmasman.
Bir umr armonda qoldim men,
Sevgini dardimga chizdim men.
Endi ket, ket endi kelmagin,
Sen meni dardimni bilmagin.
Iltimos mening yuragim tilmagin,
Ket endi, kelmagin ket endi.


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:52 | Сообщение # 329

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Endi sizga yetmas qo`lim,
Ketdingiz siz mendan uzoq.
Peshona deb qoldim netay,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Qorong`udir qayda xayol,
Yo`ldosh bo`ldi menga firoq.
O’tar kunim hijronlarda
Sizsiz endi yashay qandoq?
Nechun bizni ayirdilar
Yo`llarimiz endi so`qmoq.
Nahot endi armon bo`lsa
Sizga to`yib-to`yib boqmoq.
Endi sizga yetmas qo`lim,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Endi o`zga choram yo`qdir
Ishim-sizga baxt tilamoq.


DiyoraДата: Panshanba, 28.Iyun.2012, 05:53 | Сообщение # 330

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Yuraklar bittadir, yo'llar o'zgacha
Taqdir ko'rolmadi bizni munosib,
Sen o'zgasan men ham o'zgacha,
Menga sen, senga men etmadik nasib.

Yolg'izlikdan chinqirar bechora yurak
Qora kunlar kelmoqda sevgimiz bo'sib
Hech narsa kerakmas, menga sen kerak
Menga sen, senga men etmadik nasib.

Hijronlarga chidolmay o'ldi sabrimiz
Qabr hozirlayman dilimni qazib
Endi men boshqaman sen begona qiz
Menga sen, senga men etmadik nasib.

Kutaman kelaqol najot o'limim
Kutarman bag'rimdan tig'lar o'tkazib
So'ngi nafasim, eng so'ngi so'zim
Nechun yor latfiga etmading nasib.


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 33 из 89«1231323334358889»
Поиск: