[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 4 из 99«1234569899»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:29 | Сообщение # 31





[ ]


Sevganimni shum taqdir,
Begonaga uzatdi,
So`ng berahm yangalar,
Yor-yor aytib kuzatdi.
Yonib-yonib kul bo`ldi,
Yuraklarda sevgimiz,
Baxtin topgan kim bo`ldi?
Baxtsiz bo`ldik ikkimiz…

Bu dunyoda muhabbat,
Kimlar uchun o`yindir.
Qo`llarimda surating
Bugun seni to`yingdir.
Qaydan keldi sevgilim,
Ikkimizga bu jafo.
Xayr endi ey, gulim
Dunyo ekan bevafo…
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:29 | Сообщение # 32





[ ]


Kelinchagim

Kelinchagim kulib-kulib ketdingizmu,
Yuragimni tilib-tilib ketdingizmu,
Bu dunyoda nelar bo`lsam, bo`ldimku men,
Siz murodga etdingizmu, etdingizmu…

Kunglingizni oldim shu yangalari,
Avrab yo`lga soldimu yo hiylolari,
Ko`zingizni oldimu yo tillolari,
Sevgimizni zarlariga sotdingizmu…

Kun botmayin eshiginiz yopiladi,
Ko`k zulfiga po`lat zanjir osiladi,
Yig`i bilan xumoringiz bosiladi,
Izlab-izlab, shu zindonni topdingizmu…
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:30 | Сообщение # 33





[ ]


SOG'INASIZ

Sog'inasiz hali gullarga qarab,
Ko'rgingiz keladi oyga boqqanda.
Tushingizda kuting sochlarim tarab,
Kirib kelaman tun eshik qoqqanda.
Qaragingiz kelar nogoh men tomon,
Boqibda topmaysiz , bo'lmang ovora
Ko'zlar so'zlashishlar...barisi tamom,
Achinmang yig'lasa ko'ngil bechora .
Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir,
Guldan buloqlardan meni izlaysiz.
Olislarga eltgan ilohiy taqdir,
Yurgan yo'llarimdan yig'lab bo'zlaysiz.
Taqdirga tan bermay yo'q ilojingiz,
Sog'inch tig' uradi qoningiz chiqmas,
Ko'ngil yig'laydi-yu yo'q imkoningiz,
Bemor ruhingizning yarasi bitmas...
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:30 | Сообщение # 34





[ ]


Qo'rqar edim sevib qolishdan

Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:32 | Сообщение # 35





[ ]


Muhabbat

Bog'imga qaytganda sabolar,
Qaytadan yaraldi navolar.
Shabnamga to'yganda havolar
Muhabbat ortiga qaytmadi,
Qaerda qolganin aytmadi...

Kelganda g'uncha deb uzmadim
Yurakning zulfini buzmadim
Muhabbat ekanin sezmadim
Adashdim. Ketdi-yu, qaytmadi...
Sevgilim ekanin aytmadi...

Zor bo'lib kutganim yetmasdan
O'zgaga parvo ham etmasdan
Ortidan ergashib ketmasdan
Qolgandim. U esa qaytmadi...
"Yur birga ketdik" - deb aytmadi...

Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak
Bo'lganda men emas, u menga kerak
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi...

Azimga aylandi nozik bo'y nihol:
Bir umr xijronda to'lg'onib behol,
Bo'lganda dilpora yetishmay visol
Muhabbat ortiga qaytmadi...
Ortiga qaytmasin aytmadi
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:32 | Сообщение # 36





[ ]


Sarsona bo'ldim

Muhabbat men uchun armona bo'ldi,
Sevganim o'zgaga ko'nglini berdi.
Quvonchli damlarim g'urbatla to'ldi,
Ilk sevgim ko'p o'tmay xazonday so'ldi.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

Bog'imda bulbullar qilardi xonish,
Sevganim baxtiyor edi men ila.
Bilolmam aybim - gunohim nedur?
O'zga dil quliga aylandi gulim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

Qalbdagi muhabbat oshyoni so'ndi,
Go'yoki, sarobday jonlandi bir bor.
Sevganim tark etdi, yuragim tilim,
Telbadek jovdirab qoldi vujudim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

Dilimni o'rtaydi o'tgan kunlarim,
Qulog'im ostida yangrar ovozing.
Sen ketding mayliga baxtli bo'l, jonim,
Vujudim o'ksiydi, qiynar yuragim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.

Go'yoki ojizday turaman, gulim
Surating qo'limda, hayronadirman.
Nomingni aytishga o'rtanar tilim
Bugun sen yo'qsan men vayronadirman.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim.
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:33 | Сообщение # 37





[ ]


Siz o'zgani sizlagan kecha!

Dushmanlarim utdi iljayib,
Do'stlar esa qoldilar koyib.
Jismu jonim qoldi mungayib,
Siz o’zgani sizlagan kecha.

Yurakkinam yig’lagan kecha.
Orzularim bo’ldilar xazon,
Yuragimda in qurdi armon.
Ox, bunchalar pastladi osmon,
Siz o’zgani sizlagan kecha.

Ko'nglim o’ksib yig'lagan kecha.
Yulduzlar ham boqdilar hayron,
Ko’ngil qasri bo’ldiku vayron,
Og’rigandan – og’ridi bu jon,
Siz o’zgani sizlagan kecha.

Men tun bo’yi yig’lagan kecha.
Bulutlarga bo’yim yetmadi,
Qattiq ekan, yer ham yutmadi.
Hatto ajal bir pas kutmadi.
Siz o’zgani sizlagan kecha.
Men tongacha yig’lagan kecha
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:34 | Сообщение # 38





[ ]


Bevafoga....

Aldama, aldovlar ovutmas meni
Yaproqlar sasiga qulog`im tutdim
Oydanda qizg`onib, kundanda seni
Baxtning bekatida sabrsiz kutdim
Kelmading sog`inchlar qoldi qon yutib
Yo`l qarab ko`zlarim nuri to`kildi
Ketdingku vaslinga zorni unutib
Qalbimda bir mo`ngli qo`shiq to`qildi
Xazonrez bargidek sarg`aydi qalbim
Eng xo`ngi bardosh ham quladi sassiz
Bosh uzra to`lin oy mo`ng`ayadi jim
Go`yoki shivirlar eh bechora qiz….
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:34 | Сообщение # 39





[ ]


Muhabbatdan to’lmas kunglim

Bechora qiz o’z to’yidan ko’ngli to’lmas,
Kiprigi nam, yig’lab turar, meni ko’rmas,
Yor-yorlari xo’rligimni yo’patolmas
Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...

Dardli qo’shiq kuylarimni senga atay,
Sochlaringni o’zga yigit silar netay,
Maktubingni o’tga tashlab yoqib ketay,
Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...

Muhabbatning bu azobi kunglim tig’lar,
Shabodalar yor sochini silab o’ynar,
Men go’zalga, Go’zal yerga qarab yig’lar,
Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim,
Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:34 | Сообщение # 40





[ ]


Xayol

Uni o`zimga ham ko`rgim kelmas ep,
Uni bergim kelmas, hatto she`r, gulga.
Aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb,
Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga.
Bir harfdan uyg`onmas savodsiz dunyo,
Unga sog`inch sochgan unlar qiziqmas,
Vergulgacha kechgan umr - bu ma`no!
Nuqtadan keyingi kunlar qiziqmas.
Shu ojiz yog`ochga yetdimi kuchim?...
So`nib borar edi, xonamdagi sham,
Bilib turib nuqta qo`ygani uchun,
Sindirib tashladim, qalamimni ham.
So`ng shikoyat qilding, qaynoq alamdan,
Oq tutunga to`ldi, qalb umidlari,
O`tga uloqtirdim, yongan qalamdan
Kuygan yurakning keldi hidlari.
Hamon, aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb,
Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga.
Istasang, so`k uni va hohlasang tep,
U aylanib bo`lgan qizil she`r – gulga.
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 4 из 99«1234569899»
Поиск: