[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 48 из 99«1246474849509899»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
DiyoraДата: Jum'a, 06.Iyul.2012, 08:50 | Сообщение # 471

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sendan kechdim jondan kechgandek.
Netay o'zga imkon bo'lmasa?
Taqdirimdan o'zim qochgandek.
Yurak buncha o'tdek yonmasa.

Ko'ngil berib sevganim meni.
Naxot deydi mandan o'zgani?
Armonlarda qoldirmay meni.
Bo'lardiku sevdim demasa.

Kimdir deb sen o'zing unutsang.
Uni deb sen dard, alam yutsang.
Yo'llarini kun sanab kutsang.
Alam qilmaydimi kelmasa?

Yuragingni tutsang ishonib.
Ismin aytsang har tong uyg'onib.
Bir kun ketsa u sendan tonib.
Afsus deysan qadring bilmasa.

Pushaymonlar joning qiynaydi.
Bu azoblar shafqat bilmaydi.
Hech bir malxam darmon bo'lmaydi.
Toki muxabbating so'nmasa.


DiyoraДата: Jum'a, 06.Iyul.2012, 08:54 | Сообщение # 472

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Yarim tun, bedorman bezovta yurak...
Bugun so'nggi kun oxirgi imkon...
Lahzalar berildi kutmoqlik chun...
Jonim seni ko'rmay o'lolmayapman...

Dardim aytib senga, yig'lolmadim man...
Quvonchda yoningda kulolmadim man...
Bag'ringga boshimni qo'yolmadim man...
Yoningda yor bo'lib qololmadim man...

Hayollarda yashab - hayotim bo'lding...
Menga armon bo'lgan - baxtlarim bo'lding...
Qalbdagi orzular - ro'yobin bo'lding...
Ko'zlarim ko'rmagan - gunohim bo'lding...

Yoring bo'ldi, go'zal sanam muborak...
Ko'zlari shahlo misli malak muborak..
Oppoq libosda u endi kelinchak...
Mening qalbim yig'lagan kunda Azobim...
Baxting muborak...


DiyoraДата: Jum'a, 06.Iyul.2012, 08:58 | Сообщение # 473

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Kecha berding vadalar kelaman deb.
Yolg'iz sening vofodoring bo'laman deb.
O'ksitmagin ko'nglim, sevarman seni.
Bir bor aytgin menga sevaman deb.

Yonimdan o'tarsan eshitmay so'zim.
Ortingdan parvona oshig'ing o'zim.
Kunduzi quyoshim, tunda yulduzim.
Bir bor aytgin menga sevaman deb

Visolingga gado bir o'zim bo'lay.
Seni baxt qasrida gullarga o'ray.
Yo'q demagin, xo'p de yagonang bo'lay.
Bir bor aytgin menga sevaman deb.

Bog'imdagi gullar senga atalgan.
Nigohlarim o"qdek senga qadalgan.
Bo'lsin armon emas ro'yo ushalgan.
Br bor aytgin menga sevaman deb.

Istagim sen bilan baxtlarga yetsam.
Seni olis olislarga olib ketsam .
Kecha uyaldingmi men sevdim desam.
Bir bor aygin menga sevaman deb.

Beg'ubor ko'zlaring ko'rgim keladi.
Yoningda doimo yurgim keladi.
Shu so'zing eshitsam ko'nglim to'ladi.
Bir bor aytgin menga sevaman deb.


DiyoraДата: Jum'a, 06.Iyul.2012, 09:23 | Сообщение # 474

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
O'sha orzularni, visol onlarni...
Shirin hayollarni, otash hislarni...
Sevgi so'zidagi hayajonlarni...
Unut deysan erkam, unutay qanday...

Sevardim, jonimdan ortiqroq seni...
O'ylardim, sensiz hayotim xazon...
Bilardim, ammo ishonmas edim...
Tirikman ko'rgin, sensiz hayotman...

Xiyonat qilding, sevgimni xorlab...
Aldama yetar, ko'zlaring yoshlab...
Kechirib so'rama, va'dalar berma...
Sensiz ham yashayman ko'rasan, mana...

Unutaman derman, o'zimga - o'zim...
Qorong'u xonada, zulmatda qolib...
Yig'layman alamdan, jimgina o'ksib...
Baxtliman deyman, asli baxtsizman...

Unut deding - sekin taqdirga ko'nding...
Ayriliq, umidsizlikka sen taslim bo'lding...
Sevaman deysan shunda ham tinmay...
Nahot qalbimni yaralab bugun sen ketding...

Esingdami sevgi izhor qilganing...
Qo'llarimga sen uzuk taqqaning...
Mening baxtim sen, deya erkalashlaring...
Unutay qanday, taqdirga ko'nay..

O'ylamadingmi sen bir-bor ahvolim...
Kelib ko'rmadingmi, telba bo'lganim...
Ustimdan kuldingmi, sevdim deb aytding...
Ko'nglim sindirganing nahot sezmading...

Unut deysan erkam, unutay qanday...


DiyoraДата: Jum'a, 06.Iyul.2012, 09:35 | Сообщение # 475

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ketdim debon ortingizga tez qaytingiz
Sevgingizni nechta gulga siz aytingiz
Lavzingizdan tonib unutib axtingiz
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

Menga emas gulni o'zgaga tutdingiz
Yo'llarimda meni emas o'zgani kutdingiz
Hech uyalmay xatto qasam xam yutdingiz
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

O'zga ko'zdan mehirlarni izladingiz
Shirin shirin yolg'onlarni so'zladingiz
Bilmam mendan asli neni ko'zladingiz
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

Kechga bormay ayrilardik yo'llar olis
Bilsam asli niyatingiz emas holis
Siz bosgan yo'l ekin emas biling poliz
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

Ayting qani haqiqatni qancha kechirdim
Bilib bilmay qalbimginamga ozor ichirdim
Bugun sizni endi yurakdan o'chirdim
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

Mayli keting o'sha gullarda qoling
Mendan o'sha sadoqatni yulib oling
Ammo bir gapimni qulog'izga quyib oling
Bo'ldi endi kechirimlar hech so'ramang
Kechiradi meni yana deb o'ylamang

Endi sira ko'zlarimdan mehr kutmang
Qo'llarizda so'ligan gulni menga tutmang
Meni deya aslo yolg'on qasam yutmang
Bo'ldi sizni aslo endi kechirmasman
Qalbginamga yana armon ichirmasman


DiyoraДата: Jum'a, 06.Iyul.2012, 09:39 | Сообщение # 476

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sog'inch Dardi Yuragim Qiynar,
Azob Bag'rim Tilar Nimtalab.
Kelmadingiz Xolimni So'rab,
Sizga Zorman Yo'lingiz Qarab.

O'tdi Ketdi Oylar Birma-Bir,
Quyosh Botib Oy Ham Ko'rindi.
Visolingiz Sog'inib Ko'nglim,
Yuzingizni Oydan Izladim.

Ko'rdim Go'zal Sochlari Sumbul,
O'tirardi Oynaga Qarab.
Dedim Ey Yor Nedur Bu Axvol,
Ishqingizda Kuydi Bu Yurak.

Kelmaysizmi Bir Bora Eslab,
Oshig'ingiz Majnunni Qo'msab.
Aytdi Ul Yor Sochlarin O'rib,
Kapalakdek Tovlanar Misol.

Siz Dunyoda Meni Izlabon,
Charchadingiz Sahroni Kezib.
Hordiq Oling Yuragim To'ri,
Sizga Bo'lsin Oromli Go'sha.

Tushda Ko'rdim Jannatli Makon,
Unda Faqat Senla Birgamiz.
Bog'lar Kezib Lola Terdik Biz,
Oq Bulutda Uchdik Osmonga.

Ko'zlarimiz Sevgiga To'ldi,
Lablaridan - Lablarim Qondi.
Shu Dam Uyqu Tark Etib Ko'zim,
Yorim Tomon Mushtoq Borarman.
Dedim Ey Yor Taqdir Ekanda,
Seni Menga Hudo Berganda.
Olloh Bizni Ayirmasin Xech,
Sen Men Bilan Baxtli Bo'larsan.

Gul Bog'imda Oydek To'larsan,
Bir Dam Hayol Surdi Ul Go'zal.
Ko'zlarimga Boqdi Ul Ko'zlar,
Men Kutganim Sizdir Hayotim.

Jonim Sizga Oling Jahonim,
Men Siz Bilan Baxtli Bo'larman.
To O'lguncha Sizla Qolarman.
Sog'inganim Sizni Sevarman...


DiyoraДата: Shanba, 07.Iyul.2012, 05:48 | Сообщение # 477

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sevdim sen so'zlaringni ,yolg'onlariga uchib.
Endi sensiz qoldim kuyib, hijronlarga bag'rim ochib.
Qo'llarimda surating kulib turar men tomon.
Tunlar qarab yig'layman armonim deya quchib.

Sochlaringni siypalardim, kafting bosib bag'rimga.
Ko'zlaringga hech to'ymasdim qaragandek baxtimga.
Isming ketmas yurakdan, qalbda bitmas jaroxat.
Endi netay davolarni qaydan topay dardimga.

Tonglar uyg'onarman jim izlab yonimdan seni.
Savol berib o'zimga, mening sevganim qani.
Tan olgim kelmaydi hech, naxotki tashlab ketding.
Bu savollar kundan-kun yemirib borar meni.

Sevmasang nega meni bunchalar sarson qilding
O'zgalar davlatidan, sevgimni arzon bilding.
Nozlanishlar, kulishlar, naxot endi begona.
Muxabbatimni toptab, sevgim ustidan kulding.

Ko'z o'ngimdasan ketmaysan, hayolimdasan hamon.
Men ham baxtim toparman, bir kun albatta ishon.
Lekin hech unutmagim, senga so'nggi so'zimni.
Sen befavo, zolimni, kechirmahman hech qachon!


DiyoraДата: Shanba, 07.Iyul.2012, 05:54 | Сообщение # 478

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Bilmadim aybni nega sevgiga ag'darishar
Xar ne bulsa o`zlarini mas uni ayblashar
Qachon ayting bir bor sevgini tinglashar
Men sizni sevaman sevaman begim

Tan olaman urishamiz soatlab kunda
Sevgida mas ayb yarashamiz zimda
Sog`ingansiz meni asl ayb shunda.....
Men ham sizni sog`indim sog`indim begim

Ba`zida vaqt topolmay gaplasholmaymiz
Dardizmini aytib sirlasholmaymiz
Bir oz vaqt topib xam ko`risholmaymiz
Men sizga dardkashman malhamman begim

Qo'ng'iroq qilmasangiz hafa bo'lsamda
Yig'lamoqchi bo'lib kulib tursamda
Sevgida ayb emas bilib tursamda
Siz menga keraksiz keraksiz begim

Sevgidek pok tuyguni menga anglatgan
Sizga mushtoq bulsin xar bitta kunim
Muhabbatning shirin kuyin tinglatgan
Bizni ajratolmas hattoki o'lim

Bilmadim aybni nega sevgiga ag'darishar
Xar ne bulsa o'zlarini mas uni ayblashar
Qachon ayting bir bor sevgini tinglashar
Men sizni umrbod sevaman begim


DiyoraДата: Shanba, 07.Iyul.2012, 06:21 | Сообщение # 479

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Bugun sensiz ko'chalarni yolg'iz kezaman.
O'ksib yig'lab, seni eslab bag'rim ezaman.
Yonimdasan his etaman, tafting sezaman.
Ado bo'ldim yig'layverib tushlarimga kir.
Yomg'ir yog'di, kelgin birga sayr qilamiz yur.

Yuragimni tilka-pora etib ketding sen.
Bu cho'llarda meni kimga tashlab ketding sen.?
Bir zum unutolmam, hatto kunu-tun.
Ko'p sog'indim ko'zlaringni tushlarimga kir.
Yomg'ir yog'di kelgin birga sayr qilamiz yur!

Sensiz holim qay ahvolda, ayt bilmaysanmi?
Doimgidek qushdek uchib sen kelmaysanmi?
Hech bo'lmasa tushlarimda bir kulmaysanmi?
Izlasam yo'qsan netay, tushlarimga kir.
Yomg'ir yog'di kelgin birga sayr qilamiz yur.!

Xatlaringni takror o'qib ovundim gohi.
Go'yo sensiz suvsiz qoldi sevgimiz bog'i.
Falaklarni tutib ketdi sevgiling ohi!,,
Kutib seni ko'p charchadim tushlarimga kir.
Yomg'ir yog'di kelgin birga sayr qilamiz yur!!!

Yuzim tabassumni unutgan sensiz.
Hechkimsa sezmaydi yig'larman unsiz.
Go'yoki yuraman bu tanam jonsiz.
Iforing istayman tushlarimga kir.
Yomg'r yog'di kelgin sayr qilamiz yur!!!!

Qalbim cho'qqisiga o'zing yetganding.
Qo'limda jon berding, jonsiz yotganding.
Ko'zimdan ko'zingni uzmay ketganding.
Sog'indim, sog'indim sog'inchimn bil!
Yomg'irlar yog'sa gar sayr qilgani kel!!!!


DiyoraДата: Shanba, 07.Iyul.2012, 06:24 | Сообщение # 480

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ohudayin nozla yurib aqlim olgansan.
Maftun aylab chiroyingga shaydo qilgansan.
Netay hecham hayolimdan ketmay qolgansan.
Sog'indim , kutsam bugun kelasanmi?

Yorim bo'lgin yonginamda oy kabi to'lib.
Sog'intirma kel jonimga orolar berib.
Bemadorman kelgin jonga darmonlar bo'lib.
Sog'inib kutyapman sen kelasanmi?

Kel mayli yuragimni senga tutay men.
Ko'rmasdan ko'nglim to'lmas qandoq ketay men.
Kelgin bugun dardlarimni senga aytay me
Kelarmi deb kutyapman sen kelasanmi?

Qiynab sen azoblarga tashlab bu jonim.
Ayirib sen tanimdan olasanmi?
Sog'insam sog'inchimni bir-bora sezib.
Men tomon kulib bugun kelasanmi?

Olislarga hech ketmagin sen sog'intirib.
Erkam bo'lgin yonginamda oy kabi to'ib.
Kelgin bugun ko'nglim to'lsin seni ko'rib.
Sog'inchim sezib bugun kelasanmi!?


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 48 из 99«1246474849509899»
Поиск: