[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 5 из 100«123456799100»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:35 | Сообщение # 41





[ ]


Ayriliq

Suratlar qirqildi ikki bo`lakka,
Sen u taraf qolding, men bu yon qarab.
Oh, yolg`on ekan-ku, singmay yurakka-
Ishq u tomon qoldi, ishonch bu taraf!

Erkalash ohangi g`azabga do`ndi.
Shirin o`ylar esa tig`li xayolga.
Notavon peshoba yozmishga ko`ndi,
Kelajak aylandi mavhum savolga.

Men ketdim, sen qolding, oraliq-cheksiz,
Bu hudud eng tiyra tundan-da qaro.
Bir vaqtlar ko`ksimni to`ldirgan ul his
Bu kun bitmas armon, dog` ko`chmas aro!
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:35 | Сообщение # 42





[ ]


Intizor

Sabrni ummon deb atading,
Bardoshni tog`larga qiyoslab.
Kut, deding, ataylab kelmading,
Sog`insam ketarding olislab.

Tog`larni yengish-chun ummondan,
Goh cho`kib, goh suzib o`tdim-ku!
Umidim o'zmasdan osmondan,
Bearmon, kutdim-ku, kutdim-ku!

Baribir kelmading, kelmading,
Nimani istading, bilmadim.
Qo`lingni qo`limga qo`ymading,
-Kut, -deding, kutishdan tolmadim.

Ko`nikmoq azobi beomon,
Bu aziz boshimga tusharmu?
O`ylari tugamay dil hayron,
-Yuragim yarmini toparmu?!
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:36 | Сообщение # 43





[ ]


Kutish

Uni kutdim, munis onam
Sandiqqa sep joylaganida,
Kimdir birov dasta gul bilan,
Yo`llarimni poylaganida.

Uni kutdim, hovlimiz o'zra,
Yangraganda sho`x yalla, sho`x bayt.
Egik boshim o'zra yangalar,
Oppoq ro`mol yopishganida.

Uni kutdim, baxt tilab otam,
O`zga uyga kuzatganida.
Ilk ishqimdan voqif dugonam,
Yig`lab-yig`lab kuzatganida.

Uni kutdim… so`ngi bor kutdim
Ammo u baribir kelmadi…!
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:36 | Сообщение # 44





[ ]


Siz baxtli bo`ling

Taqdir bir kam yaralgan, dunyo emas,
Bir telbaman, aql-u, xushga oshno emas.
Dil o`kinchim:ketavering, ortga boqmay,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!

Yig`lab-yig`lab tugar bir kun ashkim bori,
Kuylay-kuylay uziladi qalbim tori.
Mayli yog`sin bu boshimga tog`lar qori,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!

Mayli mening osmonimga oy chiqmasin,
Yurgan yo`lim, sahro bo`lsin, soy chiqmasin.
Qabri uchun yer yuzidan joy chiqmasin,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!

Iltimosim: ortingizga boqmay keting,
Baxtli kunda men telbani bir yod eting.
So`ngi so`zim: baxtingizni mahkam tuting,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:36 | Сообщение # 45





[ ]


Ilk muhabbat

Yonib turgan qalbimni muzlatding nechun?
Taqdir bizni ajratdi, ajratdi nechun?
axir ajratarkan, uchratdi nechun
Meni eslab turgin ilk muhabbatim.

Muhabbat azoblari boshlandi netay,
Alamdan yuragim g`ashlandi netay,
Ko`zim qarog`lari yoshlandi netay,
Dilimdasan doim, ilk muhabbatim.

Dil bog`ida gul bo`lish-bir baxt emasmi?
Sen-la baxtli bo`lish-chin baxt emasmi,
Sevilish baxtning ham baxti emasmi,
Sen meni unutma ilk muhabbatim!
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:37 | Сообщение # 46





[ ]


Baxtli kunlarimiz

Biz baxtga intilib, armonga yetdik,
Yellarda xazondek uchdi orzular.
Qo`llarda gul turib vayronga yetdik,
Baxtli kunlarimiz ko`pmas, oz ular.

Biz baxtga intilib, soxil tomonmas,
Ko`ngillarga ishqdan ko`prik yasadik.
O`tli xotiradan hamon ko`ngil mast,
Oz bo`lsa ham, erkam, baxtli yashadik!

Biz baxtga intilib, kashf etdik armon,
Faqat ko`ngil topdi, biro lam sayqal.
Afsus, o`tgan kunlar uchun hech qachon,
O`rnatib bo`lmaydi, bitta ham haykal…
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:37 | Сообщение # 47





[ ]


Seni ko'rgim kelar hamisha

Юрагимга тулганда согинч,
Тополмасам бирон -бир овунч,
Атиргулга тулганда ховуч,
Сени кургим келар хамиша.

Менга керак сенинг жамолинг,
Ойдек ойдин сенинг висолинг,
Худойимдан тилаб икболинг,
Сени кургим келар хамиша.

Майли, улсам сен билан улай,
Кувонсанг, гар бирга кувонай,
Сенсиз бу дунёда яшаб мен нетай,
Сени кургим келар хамиша.
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:38 | Сообщение # 48





[ ]


Yozilmagan maktub

Ostonamga yonib kelib muzlab ketding,
Mendan meni topmay giryon izlab ketding,
Armon, afsus ko`chasida bo`zlab ketding,
Ko`zlaringda qotgan qanday savol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.
Sen so`ragan hayajonu hayrat qayda,
Xush suvratga yarashiqli siyrat qayda,
Bu ishqqa suyangan moh ta`lat qayda,
Ko`zlaringda qotdi ajab, savol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.

O`lchab ko`rding bul qasrlar bekaligin,
Ming istakka ro`yob topgan erkaliging,
Bisyorliklar dunyosida yakkaliging,
Ko`zlaringda qotdi ajab, savol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.

Bu mulki davlat, bisyor, libos cho`g`dir,
O`zni sevish, o`zing uchun yashash o`qdir,
Bunda faqat sen izlagan yurak yo`qdir,
O`shal yo`qlik ko`zlaringda malol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.

Bir dasturxon sig`dirmagay ikkimizni,
Ismi bo`lak, vazni bo`lak yukimizni,
Vaqt ko`rsatr hali chikka pukkamizni,
O`shangacha men hayroni, sen lol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:38 | Сообщение # 49





[ ]


Ayt

Gulday imring kulday to`zib ketmoqda,
Kimni o`ylab yoshing qirqdan o`tmoqda,
Yolg`izmisan endi sen bu chorboqda,
Endi yo`qlab kelmasmu u aldagan?..

O`t ham o`sar bir-biriga suykalib,
Sen na yorsan, sen na Tulsan, ey g`arib,
Hech bo`lmasa ko`ngil uchun axtarib,
Bir bor kelsa bo`lmasmu u aldagan.

Ochil, gulim, ayt o`zimga dardingni,
Gulfurushlar qaydan bilsin qadringni.
Yomg`irman deb yuzing silab, bag`ringni
To`kib ketgan do`lmasmu u aldagan.

Ne munchoq u, tengi yo`dir, tizimsiz,
Ne olchoq u, ruhi jonsiz, jismsiz.
Yillar bilan ich-ichingga ismsiz,
Cho`kib ketgan qo`lmasmi u aldagan…

Gulday imring kulday to`zib ketmoqda,
Kimni o`ylab yoshing qirqdan o`tmoqda,
Yelkangdagi yetti qator sirtmoqda,
Osilibgina o`lmasmu u aldagan…

Yuzlaringni ko`rgandayman qaydadir,
Qo`l ushlashib yurgandayman qaydadir,
Neki qilsang, axir bir kun qaytadir,
Ayt, mobodo menmasmi u aldagan?!..
IYMON-NURIДата: Dushanba, 07.Май.2012, 09:39 | Сообщение # 50





[ ]


Sizni sevarman

Ko’zlarimdan oqsa marjon-marjon yosh,
Boshim egib qolsam berolmay bardosh,
O’zga qo’l ko’z yoshim artsa kunarman,
Lekin o’shanda ham sizni sevarman

Egnimda tursada kelinlik libos,
Qadamim sho’x bossam baxtlilarga xos,
Do’stlar davrasida o’ynab kularman,
Lekin o’shanda ham sizni sevarman!...

Umrimni kezganda hamisha bahor,
Komiga tortganda oila, ruzg’or
Birinchi farzandim o’pib suyarman,
Lekin o’shanda ham faqat sizni.. sizni sevarman...
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 5 из 100«123456799100»
Поиск: