SEVGILIM UCHUN sherlarim - Страница 57 - °๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ °
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 57 из 94«1255565758599394»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
DiyoraДата: Seshanba, 10.Iyul.2012, 09:37 | Сообщение # 561

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Kechir meni sevgilim,
To’yingga borolmadim.
Yuragim qiynalsa ham,
Hech buyruq berolmadim.
Ko’rgim keldi-yu, seni
Yuragim bo’ysunmadi.
O’zga bilan ko’rishga
G’ururim yo’l qo’ymadi.
Nega unday qilganing
Tushunaman, bilaman.
Ota-onang tufayli
Azoblarda yonaman.
Men sendan ayrilsam ham,
Sen men uchun yagona.
Ming bor afsuslar bo’lsin,
Endi bizlar begona.
Senga she`r yozayotib,
Qalamim cho’chib ketdi.
Yoshlikdagi voqea,
Esimga tushib ketdi.
Yoshligimiz eslayman,
Sen tengi yo’q qiz eding.
Shu damlarni qo’msayman,
Sevgan yorim siz derding.
Biz ilk uchrashgan damlar
Hali-hamon esimda.
Chumchuqlar sayrashardi
Chinorlarning uchinda.
Shu chinorlar ostida,
Har kuni uchrashardik.
Ishq-muhabbat sathida,
To’yolmay dardlashardik.
Kelmay qolsam sen mening,
Yo’llarimni poylarding.
Nega kelmadi deya,
Sog’iniblar yig’larding.
Senga qoyil qolardim,
Yerga boqib so’zlarding.
Agar meni sog’insang,
Yuragingdan izlarding.
Xuddi senga o’xshardi,
Sovg’a qilgan gullarim.
Sen uchun yozgan edim
Yuzdan ortiq she`rlarim.
Qayg’uni qilib obod,
Undan yonib yashayman.
Sobiq sevgim umrbod,
Seni sevib yashayman.
Mana bugun sen bilan,
Xufyona uchrasharmiz.
Baxtli yoshlikni eslab,
Bir to’yib dardlasharmiz.
Sen bilan uchrashishni,
Qalbim aldamayapti.
O’sha vaqtni kutishga,
Sabrim chidamayapti.
Soat o’n bir bo’lyapti,
Men tez yo’lga shaylanay,
Uchrashuvga ertaroq,
Borib yo’lingni poylay.
Yoshlikda aytgan edim,
Meni unutgin deya.
Bu dunyoda bo’lmasa,
U yoqda kutgin deya.
Ishq-muhabbat tufayli,
Mana ko’rishib oldik.
U dunyoga yetmasdan,
Uchrashishga ulgurdik.
Sen meni ko’rganingda,
Meni quchib yig’laysan.
Yo yig’lashga keldingmi?
Nega darding aytmaysan?
So’ng ko’zimga termulib,
O’zingni qo’lga olib,
"Nega shu yoshga kirib,
Uylanmadingiz?” – deysan.
O’yga tolib qolarsan,
"Baxtsizman” deysan keyin.
Gar sen baxtsizman desang,
Unda men nima deyin?
Sening baxting yoningda,
Menku, men axir yolg’iz.
Agarda men uylansam,
Osha qiz bo’lar baxtsiz.
Qalbim yonib bo’lgan cho’g’
Buni aniq bilaman.
Yuragimda bo’sh joy yo’q,
Chunki seni sevaman.


DiyoraДата: Seshanba, 10.Iyul.2012, 09:40 | Сообщение # 562

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
ГУЗАЛ ХИСЛАРИМИЗ ЭТДИЛАР БАРБОД,

АГЁРНИНГ ОЗОРИ, ДУСТ ОЗОРЛИГИ,

АММО МЕН УЧУН-БАХТ,

МЕН УЧУН- ХАЁТ.

БУ ДУНЁДА СЕНИНГ СЕВГИНГ БОРЛИГИ...

ТЕЛЕФОН КИЗГОНАР ОВОЗИНГНИ ХАМ

КУЗИНГГА ЕТМАЙДИ ДИЛ НОЧОРЛИГИ

СУНГСИЗ ИЗТИРОБДИР,

СУНГСИЗ АЗОБ ГАМ.

БУ ДУНЁДА СЕНИНГ СЕВГИНГ БОРЛИГИ...

ДАРАХТ БАРГЛАРИН САНАЙМАН БИР-БИР,

КИЙНОКДИР ХАЗОННИНГ УМИДВОРЛИГИ

ЙИЛЛАР БУЙИ ЖИМСАН

МЕНИНГ УЧУН СИР,

БУ ДУНЁДА СЕНИНГ СЕВГИНГ БОРЛИГИ...

ИСМИНГНИ УПАМАН КИМГА ГАЛАТИ

БАХТСИЗ ТУНЛАРИМНИНГ БАХТИЁРЛИГИ

ХУДОНИНГ КУНГЛИМГА БЕРГАН НЕЪМАТИ-

БУ ДУНЁДА СЕНИНГ СЕВГИНГ БОРЛИГИ!

БАЛКИМ УНУТГАНСАН БАЛКИМ БАРИБИР...

КУЙИНГДА ПАРИШОН УМРИМ ХОРЛИГИ

ЭХТИМОЛ, БИЛМАССАН...

РУХИМДАГИ НУР-

БУ ДУНЁДА СЕНИНГ СЕВГИНГ БОРЛИГИ!

БАЛКИМ КИМЛАРГАДИР КЕЛГАНДИР МАЛОЛ,

ГАРИБ ИККИ ДИЛНИНГ ИНТИЗОРЛИГИ

АММО МЕН УЧУН- ТУШ,

МЕН УЧУН-ХАЁЛ,

БУ ДУНЁДА СЕНИНГ СЕВГИНГ БОРЛИГИ!...


DiyoraДата: Seshanba, 10.Iyul.2012, 09:42 | Сообщение # 563

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
HOH QABUL ET, HOH AYLA INKOR,
SEVGIM IZHOR ETAVERAMAN.
YO`LLARINGGA BOQIB UMIDVOR,
KELMASANG HAM KUTAVERAMAN.

MAYLI QANCHA OZOR TOPSAMDA,
ISHQ YO`LIDAN KETAVERAMAN.
"ISHON" DEMA, "KUTMAGIN" DEMA,
ISHONMAYMAN, KUTAVERAMAN.

SENSIZLIKDA SOG`INCH ZAHRINI,
KO`ZDA YOSHLA YUTAVERAMAN.
YETARMANMI SENGA BIR KUN DEB,
KELMASANG HAM KUTAVERAMAN.

SOVIB QOLGAN OLOVSIZ KULNI,
CHO`G` BORMI DEB TITAVERAMAN.
MENGA QANCHA BO`LSANG BEPARVO,
SENI SHUNCHA KUTAVERAMAN


DiyoraДата: Seshanba, 10.Iyul.2012, 09:43 | Сообщение # 564

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sizni sog'inaman eslab yeg'layman
O'rtangan yurakni yana o'rtayman
Sizni sog'inaman o'ksinib begim
Meni eslaysizmi yo'qmi bilmayman
Qirqta kokilimda qirqta g'amim bor
Yuragim yeglaydi ko'zda namim bor
Ketdingiz... dunyoda bitta kamim bor
Meni eslaysizmi yo'qmi bilmayman

Qarshingizda oydek to'lgani keldim
Yo'qsa xazon kabi so'lgani keldim
Bugun bagringizda o'lgani keldim
Meni eslaysizmi yo'qmi bilmayman


DiyoraДата: Seshanba, 10.Iyul.2012, 09:44 | Сообщение # 565

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
O'tib o'tmay hayotim,
Seni topdim najotim.
Dilimda bor edi oxim.
Yurakka cho'g solgan yorim...

Sen so'zingda turmading,
Faqat o'zing o'ylading.
Nima qilay endi yor ...
Yuragimga yog'ar qor.

Mayli edi ketsang ham,
O'zgaga yor bo'lsang ham.
So'ngi gaping yoqmadi...
Kech qoldingku deding yor.

Izlab izlab manziling,
Men qaylarga bormadim.
Boshimni egib sekin,
Yig'ladim sen bilmading...

Ollohga qilib nola,
Seni undan so'radim.
Ohim ollohga etmadi,
Kechir meni nachora...


DiyoraДата: Seshanba, 10.Iyul.2012, 09:47 | Сообщение # 566

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Goho aylanarsiz o'zga insonga ,
Sizdan xushnudini topib bo'lmaydi.
Yuzingizdan nur taralganda ham ,
Ko'zlaringiz bir kulib qo'ymaydi.

Kuling ,kulgingizdan dunyo titrasin ,
Mayli yig'lasangiz daryo bo'lib ham.
Mayli nigohizga berkiting sirni ,
Faqat ko'zlaringiz kulib qo'ysa bas.

Xushnudsiz davrada sho'x kulgilardan,
So'zingizla bog'laysiz har pok ko'ngilni .
Hayo pardasidur xos xislatingiz ,
Bilmam ko'zlaringiz nechun kulmaydi.

Doimo ikki xil bo'lib yashaysiz,
Birda mehr ila kulib qaraysiz,
Birda boqishingiz titratar jonni,
Ammo shunda ham bir kulmaysiz.

Sirlisiz siringiz o'rtar bu dilni ,
Ne qilish darkordir ko'zlar kulsin deb,
Qay manzilga bormay, kimlarni ko'rmay ,
Mahzun ko'zlar doim eslatar sizni.

Menga o'rgatgansiz dildan har ishni ,
"Ko'zlarga tik boqmagin o'rgan kulishni"
Inson mehri asli ko'zlarda bo'lar,
Yurak unga doim payvasta bo'lar.

Ko'zlaringiz bo'ldi menga ziyo,nur
Men o'zimga oldim ta'lim va huzur.
Ko'zlaringiz kulsin deb jonlar halakdur,
Yo'lin topa olmay kuldirguvchi ham.

O'rgandi ko'zlarim kulishni dildan,
Har kimga shavqatli bo'lishni sizdan
Tomar doim chexrangizdan ezgulik nuri,
Lek ,nechun ko'zingiz hamon qayg'uli ...


DiyoraДата: Seshanba, 10.Iyul.2012, 09:51 | Сообщение # 567

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Xudoga solmasman sizni, azizim,
Yog’dirib tashlamam malomatlarni.
Axir hayotingiz har lahzasida
Boshdan kechiryapsiz qiyomatlarni.
Kulfat sog’inmasman sizga hech qachon,
Umidim ko’z yoshmas, umidim g’ammas.
Axir qahqahangiz kadarim qadar,
Axir quvonchingiz g’amimdan kammas.
Zimdan tuzoq qo’ymam omadingizga,
Siqilib poylamam yo’llaringizni.
«Baxt», deb topganingiz, baxtsizlik axir,
Men emas, dard tutgan qo’llaringizni.
Qarg’ab o’tirmayman, qayta va qayta,
Hijron tilamasman, jonimni koyib.
Mard ishimas chetdan tig’ sanchmoq axir,
Sizning hayotingiz butun ayriliq.
Zarra yomonlikni ko’rmasman ravo,
Ko’nglimda siz tomon yo’q bir kudurat.
Sizsiz hayotim bir bo’shliqdir, ammo
Mensiz umringizga achingum faqat…
Kulfat sog’inmasman sizga, azizim…


DiyoraДата: Seshanba, 10.Iyul.2012, 09:52 | Сообщение # 568

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Bo’ldi, men bezovta qilmayman sizni,
Endi oromingiz buzilmas sira
Saharlar turaman chor-atrof xira
So’ng izlab yig’layman diydoringizni.
Yana umringizga iztirob qotib,
So’ngsiz savollarga so’rmasman javob.
Endi entikmaysiz sog’inchga botib,
Endi gunohingiz gunohmas savob.
Endi eshigingiz qoqmaydi shodlik,
Endi g’am izingiz poylab yurmaydi.
Dunyoda siz uchun bir baxtli sho’rlik
Yurganin ko’nglingiz aytib turmaydi.
Xatolar qilmaysiz yurak nomidan,
Ko’zingizda kibr aralash g’urur.
Unuta boshlaysiz o’zingizni ham,
Nahot unutadi yuragi qurg’ur.
Gullar sirlarini aytmaydi sizga,
Eshita olmaysiz bulbul azonin.
Hali sehrlangan sevgi yurtida
Uvoli tutadi sevgi xazonin.
Kechiring men sho’rlik adashib qolib,
Bezovta qilganman dardlarim ayta…
Qo’rqmang tinchligingiz buzmoqlik uchun
Bo’ldi tushingizga kirmayman qayta…


DiyoraДата: Seshanba, 10.Iyul.2012, 10:00 | Сообщение # 569

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Siz ketdingiz, manzil yiroqga,
Qoldirib meni, azobu firoqga,
Yubordingiz, gunoxsiz do`zoqga,
Sevgilim sevgingizga to`ymadim.

Yo`lingizda qoldi ko`zlarim,
Aytilmagan qoldi so`zlarim,
Yosh bilan qoldi ko`zlarim,
Sevgilim sevgingizga to`ymadim

Yashayabman, yaxshi yo yomon,
Yashash uchun, izlayman imkon,
Sevgingizga, tashna bo`ldi jon,
Sevgilim sevgingizga to`ymadim.

Umid bilan, yasharman kutib,
Suratingiz, yasharman quchib,
O`pib O`pib, yasharman suyib,
Sevgilim, sevgingizga to`ymadim.


DiyoraДата: Seshanba, 10.Iyul.2012, 10:01 | Сообщение # 570

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ko’zlarim ortingdan boqarlar mayus,
Sevgilim bo’larman sendan judo.
Tilimda yangraydi faqat bitta so’z,
Go’zalim alvido, jonim alvido.

Armondir visoling endi qaro-ko’z,
Yig’larman tilimdan chiqmas sado.
Bo’lolmam sen bilan xattoki chin do’st,
Sevgilim alvido, jonim alvido.

Bu ko’zlar mehringdan yonardi faqat,
Bu mehr bo’ldimi endi ado.
Ayrodir yo’llarimiz to abad,
Go’zalim alvido, sevgim alvido.


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 57 из 94«1255565758599394»
Поиск: