[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 64 из 89«1262636465668889»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:32 | Сообщение # 631

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
SEVGILIM YO ’L QARAB KO’ZLARIM
TOLDI,
AYRILIQ YURAKKA ALAMLAR SOLDI.
SIZ KETIB KO ’KSIMDA HAJRINGIZ
QOLDI,
SOG ’INDIM SEVGILIM QACHON
KELASIZ?
KO ’KLARDA YIG’LAGAN YOMG’IR
YOSHIMMI?
EGILGAN BULUTLAR MENING
BOSHSHIMMI?
EZILGAN QOYALAR BAG ’RIM TOSHIMI?
SOG’INDIM SEVGILIM QACHON
KELASIZ?
SHUNCHALAR QALBIMGA YAQIN
HUSHMISIZ?
ERTAKKA AYLANGAN HUMO
QUSHMISIZ?
YO BAXTDAN NISHONA SHIRIN
TUSHMISIZ?
SOG ’INDIM SEVGILIM QACHON
KELASIZ?
TUNLARI KO’ZIMGA UYQULAR KELMAS
XIJRONDA DILGINAM XUZURNI SEZMAS
QANOTSIZ ORZULAR KO ’KLARNI
KEZMAS
SOG ’INDIM SEVGILIM QACHON
KELASIZ?
NECHA TONG ORTTIRDIM TAKROR
UHLAMAY
VASLINGIZ SOG ’INSAM QANDOQ
YIG’LAMAY?
TEZ KELING BU DARDLAR BAG’RIM
TIG’LAMAY
SOG’INDIM SEVGILIM QACHON KELASIZ
BEMAHAL KO’ZIMDAN YOSHLAR
TO’KILSA
RANJIMANG VISOL DEB KO’NGLIM
O’TINSA
NETAYIN YURAGIM SOG’INCHGA
TO’LSA
SOG’INDIM SEVGILIM QACHON KELASIZ


DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:33 | Сообщение # 632

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Согиндим согинчим ичимга ютиб кузларинг ёдимда сузинг ёдимда
Хаёлда кандайдир мактублар битиб, канийди бир зумга булсам ёнингда
Кузларимга бокиб мунглисан дединг нечун мунгли булай ахир сен борсан
Узимдан хам аввал гамимни единг юзимда табассум кунглимда борсан
Кипригимда асраб юрардим сени окиб кетдинг афсус кузларим юмсам
Сен хам авайлардинг азизам мени бировнинг бахтини севибман билсам
Узгани севибсан мени дуст билиб нечун хафа булай ахир сен бахтли
Дардингни айтингку кувончим юлиб бундай килмасмидинг севишим билсанг


DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:33 | Сообщение # 633

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ertaga men yashay olmayman,
Senga shunday sog'inch bo'laman-ki,
Yuraging qaqshab qaqshab og'riydi.
Ertaga men yashay olmayman,
Senga shunday qadr bo'laman-ki,
Qadr istab qalbing kuyadi.
Ertaga men yashay olmayman,
Senga shunday armon bo'laman-ki,
So'qir ko'zlaring ochilib ketadi.
Ammo men bo'lmayman...
O'shanda sen muhabbatning
Naqadar buyuk ekanligini
Anglab yetasan... men esa
Sening yuragingda bir umrga
SOG'INCH, QADR, ARMON
Bo'lib qolaveraman...


DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:34 | Сообщение # 634

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Men seni so'inib yog'dim yomg'irday,
Tomchi ovozidan uyg'onmadingmi,
Bag'rin tosh ekan yoki bemexr ,
Naxotki sen meni sog'inmadingmi


DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:35 | Сообщение # 635

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Seni juda sog'indim, sog'indim ishon,
Seni ko'rgim kelar har lahza, har on.
Seni ko'rmoq uchun mayli yutay qon,
Seni juda sog'indim, sog'indim ishon!

Suratingga boqaman har erta tongda,
Endi jonim men seni ko'raman qachon?
Hatingni o'qirman sog'ingan chog'da,
Seni juda sog'indim, sog'indim ishon!

Ko'zimga ko'rinmas keng bu ko'chalar,
Yo'llarim bo'lmaydi sensiz hech ravon.
Huddi to'htaganday kun va kechalar,
Seni juda sog'indim, sog'indim ishon!

Yuragimning tubida bordir bir qayg'u,
Ko'z oldimda turar visoling hamon.
Ammo mendan ketmas sog'inchli tuyg'u,
Seni juda sog'indim, sog'indim ishon!

Bir lahza diydoring ko'rmoqlik uchun,
Mayli bo'lsin fido qalbimdagi jon.
Sog'inchni his etish qiyin ne uchun?
Seni juda sog'indim, sog'indim ishon!

Kelarmikan deya bahtli bu zamon,
Hayoldan chiqmaysan jonim hech qachon
Seni ko'rishimga ishonib har on,
Seni sevaman men jonim har qachon!
Seni juda sevaman, sevaman inon,
Ammo sog'inganman, sog'indim ishon!


DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:35 | Сообщение # 636

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Jonimga tig' urib qiynaydi sog'inch,
Keyin tig' sug'urib qiynaydi sog'inch.
Xayrlashmay turib qiynaydi sog'inch,
Yuragim qon bo'ldi seni sog'inib.
Netay, peshonamda shu dard bor bo'lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo'lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo'lsa!
Holim yomon bo'ldi seni sog'inib.


DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:36 | Сообщение # 637

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sog`inch

Sog`inch sochlari oqarib ketgan
Ishonchning ko`ksiga toshlar yig`laydi
Ishonchning qo`llari endi kesilgan
Baxtimning boshini gumon silaydi

Ruhimning yagona yopingan to`ni
Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan
Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni
Azoblar anovmas, o`zga bir sitam

Qo`llarim yetmagan olis yulduzlar
Ko`ksimga bosh qo`yib aylarmish fig`on
Tushim deb suvlarga aytilgan so`zlar
Axir hammasi ham emaku yolg`on!

Nahot quyosh umri shunchalar qisqa
Nahotki, oyning yarmi ham zulmat
Yo Rab! Bugun vafo dorga osilsa
Sevgiga go`rgov qilar xiyonat

Sevinchning suvrati sarg`ayib ketgan
Kiprikka osilib yoshlar yig`laydi
Tirnog`im ostida zindonband shayton
Ruhimga hukmdor bo`lmoq istaydi


DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:36 | Сообщение # 638

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sog'inmayman deymanu lekin Sog'inib yashayman,
Kunlarni Tonglarni birin birga ulab yashayman.
Azizam men seni Sog'inib yashayman,
Nima qilay sog'inchim hidden qilib yashayman.
.

Hazonlarni bossam og'riydi jonim,
Bu xasis kunlardan seni so'radim.
Shu damda dunyoni unutib bir bor,
Kimnidir sog'inib ilk bor yig'ladim...

Sog'indim desam aslo ishonma.
Sog'inchga joy yo'qdir oshiq qalbimda.
Sog'inmas ekandeb sevgingdan tonma.
San doim man bilansan hayollarimda...


DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:37 | Сообщение # 639

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Senga bo`lgan sog`inchimni guvohi osmon.
Yuragim zorini tinglaydi ummon.
Ismingni yuragim takrorlaydi hamon.
Menseni sog`indim, sog`indim har on.
Senga bo`lgan mehrim osmondek cheksiz.
Sensiz quyoshham men uchun nursiz.
Sensiz ojizman so`zlolmaytilsiz.
Menseni sog`indim, sog`indim so`zsiz.
O`zgaga boqsam senda hayolim.
Sen tunda porlagan jilvali oyim.
Senga oliy baht bersin hudoyim.
Men seni sog`indim sog`inaman doim.
Yuragim ishqingda bo`lmoqda ado.
Qalbim faqat sening konglingga shaydo,
o`zim shox bo`lsamham sensiz gado.
Menseni sog`indimsog`inaman tanho.


DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:38 | Сообщение # 640

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Hayot karvonini tortib o`tamiz
Umrni sarhisob qilib o`tamiz
Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz
Bu dunyoda bormi o`zi diyonat
Ey birodar ota-onang g`animat
Inson yashar yolg`on kunning ostida
Inson yashar qil ko`prik ustida
Inson yashar ko`cha-ko`yning qo`ynida
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Ba`zan do`stdan chiqib qolar dushmaning
Ko`zlab urar yashnab turgan chamaning
Agar bo`lsa sevgan yoring yomoning
Ota-onang yonidasan xijolat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Otang hayot xonadoning charog`on
Onang hayot baxting to`kis farovon
Ular borki bosgan qadaming ravon
Har ne borki saqlay olgin qanoat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Mehr bergin ayolingga, gulingga
Mehr bergin ,farzandlaring yo`lingga
Mehr bergin jigaring-u qoshningga
Atrofingda yaqinlaring tumonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Farzand uchun yemagan-u yedirgan
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan
Qaro ko`zim kam bo`lma deb o`stirgan
Ular uchun qilolmasak inoyat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Yashayapsan bu dunyoda kimni deb
Olomasang duosini onam deb
Tiriklikda yo`qlolmasang otam deb
O`tgandan so`ng qilma bekor dod –faryod
Tushun axir ota-onang g`animat


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 64 из 89«1262636465668889»
Поиск: