[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 65 из 89«1263646566678889»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:39 | Сообщение # 641

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Yuragim Sog'inchdan ezilib ketdi...

Ajal azobidaman ayting ne qilay?
Qurolini bering qalbimni tilay
Ey Xuda,shu og'ir darddan qutilay.
Ko'nglim g'aribligi buzilib ketdi
Yuragim Sog'inchdan ezilib ketdi...

Oltin fursatlarni bir-bir yod etib
Ba'zan pushaymonlar chekdim dod etib
Nahotki bog'landim umrbod etib
Qalbimda misralar cho'zilib ketdi
Yurgim Sog'inchdan ezilib ketdi...


DiyoraДата: Panshanba, 02.Avgust.2012, 09:46 | Сообщение # 642

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Согиниб-согиниб чарчадим охир,
Излай-излай топмадим барибир.
Лек дунёда нимамдир камдир,
Согиниб-согиниб яшадим ахир.
Учгим келар хар он сен томон,
Йўлларимни тўсади говлар.
Кимдир хавас, кимдир хасад-ла бокар
Согиниб-согиниб яшадим ахир.
Кўзларимдан томмаса ёшлар,
Пок севгига эгилмаса бошлар,
Мухаббат юракда галаён бошлар,
Согиниб-согиниб яшадим ахир.
Согинч - гўё хаво, симираман ютокиб,
Хар лахзада сени ўйлаб кўяяпман йўкотиб.
Магар келсанг балки оларман топиб,
Согиниб-согиниб яшадим ахир.
Хамон ўша, менинг оппок орзуларим,
Хамон ўша, сенинг тонгдек кулгуларинг.
Хамон ўша, сенинг, менинг туйгуларим,
Согинчли севгидан кетарсан ёниб...


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:16 | Сообщение # 643

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Navolar taral qalbimdan,
Lekin sado kelmas sendan.
Armon yuragimni tirnar,
Yuragim alamdan kuylar!!!

*****
Ikkimizni uchrashtirgan taqdir,
Ayiradi yuragimni sendan.
Balki sen uchun bu baxtdir,
Men uchun esa xayotim tugar vaqtdir!!!

*****
Sevib intizor seni.
Shirin orzular ila kutdi yuragim.
Davo topilmas armonga nega?
Naxot! Armon bo'lib qolar sevganim!!!

*****
Shu aytayotganlarim ohirgi sozim.
Yoparman yurakdagi sevgi qafasni.
So'ng yumarman oxista ko'zim.
Alam bilan olarman songi nafasni!!!!!


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:17 | Сообщение # 644

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ertaga men yashay olmayman,
Senga shunday sog'inch bo'laman-ki,
Yuraging qaqshab qaqshab og'riydi.
Ertaga men yashay olmayman,
Senga shunday qadr bo'laman-ki,
Qadr istab qalbing kuyadi.
Ertaga men yashay olmayman,
Senga shunday armon bo'laman-ki,
So'qir ko'zlaring ochilib ketadi.
Ammo men bo'lmayman...
O'shanda sen muhabbatning
Naqadar buyuk ekanligini
Anglab yetasan... men esa
Sening yuragingda bir umrga
SOG'INCH, QADR, ARMON
Bo'lib qolaveraman...


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:18 | Сообщение # 645

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ilk bor ko`rganimdan sevaman seni
Tama ham qilmadim sof sevgim uchun
O`zgani sevib qiynading meni
Sevgilim kechirgin ketarman bugun
Ketarman kelmaslik uchun hech qachon
Sevgimni suvlarga oqizdim bugun
Hayotingda bo`lmasman ishon
Sening baxtli bo1lishing uchun

Chin dildan sevardim
Chindan sevardim
Bahorlarga almashmay seni
Beg`ubor sevardim
Chindan begumon
Visoling armondir
Visoling armon


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:26 | Сообщение # 646

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ko’rganimda, sevgilim, sizni
Hayajondan titrardi lablar.
Aytar edim: hech qachon bizni,
Ayirolmas g’iybati gaplar.

Yulduzlarga tikilib har kun,
Surar edik shirin xayollar,
Bog’da bizni kutib sokin tun,
Kuzatardi tonggi shamollar.

Mayingina sochingiz silab,
Sevishimni takror aytardim.
So’ngra sizga cheksiz baxt tilab,
Uyim tomon asta qaytardim.

Istamasdik also hijronni,
Sevgimizga so’rardik panoh.
Qoplagandek bulut osmonni,
Ishq qasrimiz nuradi nogoh.

Ig’vo qildi g’anim, otdi tosh,
Bizlar esa paymonni buzdik.
Sinovlarga berolmasdan dosh,
Visoldan ham umidni uzdik.

Qaramasdan qo’ydim men zinhor,
Siz ham boqmay qo’ygandingiz hech.
Aybimizga bo’lganda iqror,
Uzr uchun juda edi kech.

Ikki yurak yig’ladi zor-zor,
Ikki juft ko’z bo’ldi shunda nam .
Sizsiz juda qiynaldim, dildor,
Qiynaldingiz meningsiz siz ham

Dilda sevgi kuylari tindi,
Cho’kdi g’am ishq koshonamizga.
Yig’lamoqdan foyda yo’q endi,
Shu yozilgan peshonamizga.


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:26 | Сообщение # 647

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Tosh edimu qalbing ey yor
Buncha meni qilding-ku zor
Sen otangning erka qizi
Men esa bir hokisor
Uzun sochli malak eding
Sen hammaga yoqar eding
Kokillari uzun ruxsor
Ayt sen kimni sevar eding?

Menga olis bo`ldimi baxt
Osmonlarga yetolmadim
Orzularim ko`p ediku
Qo`l ushlashib yurolmadim

Ishq yuragim titratganda
Toshlar erir edi hali
K`ongil yig`lab qolar edi
Sen qosh qoqqan mahali

Sen atirgul bo`lganingda
Balki bog`bon bo`larmidim
Yuragimni tirnar savol
"Men ham senga yoqarmidim?”

Menga armon bo`ldimi baxt
Yor vaslingga yetolmadim
Orzularim ko`p edi eh!
Qo`l ushlashib yurolmadim.


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:32 | Сообщение # 648

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Севги узи кандай туйгу?
Тушунмасман хеч, билолмасман.
Беморликми ёки бир кайгу?
Бошим котган хеч англолмасман!
СЕВГИ -- тушму, хаёлми ё у'й?
СЕВГИ -- ширин орзуму руё?
СЕВГИ -- шеърми, кушикми ё куй?
СЕВГИ -- дарду армондек гуё?

Севги балки аламу хижрон,
Армон булиб колармикан хар он.
Севги нима узи??? не туйгу
Хануз уйлаб хайронман хайрон!!!


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:35 | Сообщение # 649

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ko'ngling ko'chasini tor deb yig'ladim,
Qalbingda o'zga yor bor deb yig'ladim,
Muxabbatim poyingda xor deb yig'ladim,
Sen esa kelmading xolimni so'rab.

Seni deya qalbim tilib yig'ladim,
Alamdan sochlarim yulib yig'ladim
Isming bilagimga o'yib yig'ladim
Sen esa kelmading xolimni so'rab.

Bugun yomg'irlarday to'lib yig'ladim
Suvsiz gullardayin so'lib yig'ladim
O'z xolimdan o'zim kulib yig'ladim
Sen esa kelmading xolimni so'rab.

Azobdan ko'z yoshim quyib yig'ladim,

Ox bu taqdirimdan kuyib yig'ladim,

Yolg'iz seni sevib, suyib yig'ladim,

Sen esa kelmading xolimni so'rab.

Senga baxtlar tilab yig'ladim,
So'qir sevgim boshin silab yig'ladim
Armon tog'laridan qulab yig'ladim.
Sen esa kelmading xolimni so'rab.

Yurakdagi sevgidan tonib yig'ladim,
Alamlar o'tida yonib yig'ladim.
Ko'z yoshlarimdan qonib yig'ladim
Sen esa kelmading xolimni so'rab.

Sevgi deya telbalik qilib yig'ladim,
Meni sevmasliging bilib yig'ladim,
Armonlar suvini simib yig'ladim.
Sen esa kelmading xolimni so'rab...



Taqdirim ayblab, faqat yig'ladim
Sabr tugab bo'lib toqat yig'ladim.
Seni eslab yana bevaqt yig'ladim,
Shunda xam kelmading xolimni so'rab...
Baribir kelmading xolimni so'rab.....


DiyoraДата: Jum'a, 03.Avgust.2012, 05:38 | Сообщение # 650

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ko'kda to'lin oy boqardi ma'yus
Negadir podshox bo'ldi xayoling
Qaydandir kelardi bir ovoz bir soz,
Ha o'sha Sen eding Birinchi sevgim
Yillar ham o'tadilar go'yo oqar suv
Seni hali topmay Zumda yo'qotdim.
Qalbim Sog'inch ila qiynalar bu tun,
Qayta topilmagan birinchi sevgim.

Qayerda bo'lsang ham baxtli bo'l
Sen mening Qalbim yuragim ruhim
Endi Azoblarda qilarman toqat,
Armon bo'lgan Birinchi Sevgim...


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 65 из 89«1263646566678889»
Поиск: