[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 69 из 99«1267686970719899»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
DiyoraДата: Yakshanba, 12.Avgust.2012, 06:03 | Сообщение # 681

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Дилда хавас ниши урса,
Сиз тарафга йўлим бурсам,
Эшикларим очиқ турса,
Юрагимга келасизми?
Бахор қилиб хазон кузни,
Олиб қочиб аста ўзни,
Билинтирмай, буриб юзни
Хиёлгина куласизми?
Қорда яхлаб қахратонда,
Кўклам шабнам бўлиб тонгда,
Қовжирасам саратонда,
Сиз хам бирга сўласизми?
Қарашлар-ла ўйиб-ўйиб,
Киприкларда тиғсиз сўйиб,
Рад жавобин бериб қўйиб,
Кейин ўйга толасизми?
Эсмаса гар саболарим,
Етмас эрса нидоларим,
Эсдан чиқиб садоларим,
Ўзга куйни чаласизми?
Чарчаб кетдим кутуб-кўтиб,
Умид эмас, ғамни ютиб.
Ёнгинамдан ўтиб кетиб,
Сўнгра бахтга тўласизми?
Қўшиғингиз сози учун,
Кўнглингизнинг рози учун,
Карам, ишва, нози учун,
Қалбим берсам оласизми?
Висолда хам, фироқдаям Алам-қайғу,
мароқдаям, Яқин хамда йироқдаям,
Чидаб бирга қоласизми?
Эшикларим очиқ турса,
Юрагимга келасизми . . . ?


DiyoraДата: Yakshanba, 12.Avgust.2012, 06:04 | Сообщение # 682

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Hatto ismingizni aytmoqqa qo'rqdim,

Sizni unutmoqlik azob deb qo'rqdim.

Sevmasligingizni bilardim, ammo

Sizni sevmoqlikdan bir zum

qo'rqmadim.

Gohida bahorning kelmasligidan, Eng shirin damlarning qaytmasligidan,

Qo'rqdim, ayriliqdan, hijron va

g'amdan,

Va lek sevmoqlikdan men hech

qo'rqmadim.

Nogoh orzu qilsam, armondan qo'rqdim,

Yalt etgan nigohdan, yolg'ondan

qo'rqdim.

Va yana birgina Ollohdan qo'rqdim,

Ammo sevmoqlikdan men hech

qo'rqmadim.


DiyoraДата: Yakshanba, 12.Avgust.2012, 06:05 | Сообщение # 683

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Sevishimga bir oy yetdiyu, Unutishga

umrim yetmaydi. U xayotimdan

ketdiyu,

Lek xayolimdan ketmaydi. Ko'z

oldimda nigoxi hamon,

Sevgi izlardim ko'zlaridan.

Ovozin qumsayman yomon,

Yolg'on taralsada so'zlaridan.

Kutardim unga kirar deb insof,

U esa sevgimni qilardi isrof.

Men kutgan inson unga kelmadi,

Afsus, u men sevgandek sevmadi.

Ko'zimga boqib sevgim bilmadi,

Sevgim ko'zimda edi nomoyon.

So'zlarim tinglab, raxm qilmadi,

"Ketma" deb iltijo qilardim xar on.

Umidsiz bo'lsada sevaverardim,

Va'dalari yolg'on buni bilardim.

Tinimsiz u xaqda o'ylayverardim,

Ozor bersada baxt tilayverardim.

Unga baxt tilab baxtim yo'qotdim,

Chunki baxtim deb uni bilardim.

U ketib g'am botqog'iga botdim,

Ushalmasada uni orzu qilardim .

Sevgim qasri bo'ldi vayrona,

Malikasi uni tark etdi.

Oshiq yuragimga endi begona,

Chunki o'zi bilan baxtni olib ketdi..


DiyoraДата: Yakshanba, 12.Avgust.2012, 06:06 | Сообщение # 684

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Peshonamga yozilgani shu,
Seni ko'rmaslik taqdirimda bor,
Sensiz yashamoqlik mumkindir ammo,
Seni o'ylamaslik mumkinmas ey yor.

Yuragimda qalqigan tuyg'u,
Aslidachi bu bir xom xayol,
Birga bo'lmoq mumkindir balki,
Qalbimizda ilinj bir xayol.

Ikkimizga nasib qilgani,
Barcha kabi bizlarda ham bor,
Bu dunyoda bari bilganim,
Sevgim faqat o'zingsan ey yor.


DiyoraДата: Yakshanba, 12.Avgust.2012, 06:06 | Сообщение # 685

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ko'zim kulub turar yig'laydi qalbim.
Muxabbat yuliga sig'maydi dilim.
Ishq digan bir balo tirdaydi qalbim.
Ne qilay......... sizni sog'indim.
O'zim xam o'xshamay qoldim o'zimga.
Do'stim xam aldadi boqib ko'zimga.
Aybim bolsa ayting faqat yuzimga.
Ne qilay ........ sizni sog'indim.
Men sizni zor kutdim intizor kutdim.
Hatto ovozningiz unuta yozdim
Har qung'iroqga qulog'im tutdim.
Siz esa, siz esa qung'iro qilmadingiz, qilmadingiz hamon.
Har bir qo'ng'iroqni siz deb uylardim.
Ko'zlarim yul qarab tolib kettilar.
Samoga chuzilgan titroq qullarim.
Samoda muallah qolib kettilar.
Ko'zimdan oqsada marjon,marjon yosh.
Boshim egib qolsam berolmay bardosh.
O'zga yigit oldimdan otsa yonarman.
Oshanda xam .... - ..... sizni sevarman.
Egnimdayu tursada kelinchak libos.
Nigohim bolsada baxtlarga hos.
O'zgalar oldida kulub kuyarman.
O'shanda xam ...... sizni sevarman,
....... sizni sevarman.
Nahot endi uchrashmasmiz biz.
Nahot endi hijron umrbod.
Uzun tunlar o'rtanib yolg'iz.
U kunlarni itajak misyod.
Hayot bizni kech uchrashtirdi.
Qovushmadi muaxbbat va baxt.
Visol bizga orzudir holos.
Ayriliq ham achchiq bir nimat.
Hadiya qilar sog'inch va g'urur.
Amo shodman sevish baxtin.
Nasib etgan tangriga shukur.
Baxt tilayman, baxt tilayman men ikki yoshga.
Aylanganman bir bag'ri toshga.
Achininglar ko'zdagi yoshga.
Baribir ....... sizni sizni sevarman...


DiyoraДата: Yakshanba, 12.Avgust.2012, 06:07 | Сообщение # 686

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ox nolalar bekor bo'ldi xech foyda bermadi,
Sevgi shu uchun meni nazarga xech ilmadi,
Sevgilim mani chin sevgimni afsus bilmadi.
Shu sevgi yolg'on bo'ldi, sevgi topmadi baxtin.

Aldangan qalbim meni seni xamon qo'msaydi.
Zo'r qolgan yurak ortingdan zor-zor yig'laydi,
Xech unutolmas yurak seni xamon eslaydi,
Shu sevgi yolg'on bo'ldi, sevgi topmadi baxtin.

Ne qilsang xam meni sen xech o'ylama.
O'zga bilan baxting top xech sen yig'lama,
Yorim sen eding endi sen meni qiynama,
Shu sevgi yolg'on bo'ldi, sevgi topmadi baxtin.

Shu kun esladim seni yorim o'yladim,
Senga ozor berib seni jonim qiynadim,
Sevgi bizga bekor, ne bo'lganin bilmadim,
Shu sevgi yolg'on bo'ldi, sevgi topmadi baxtin.


DiyoraДата: Yakshanba, 12.Avgust.2012, 06:07 | Сообщение # 687

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Yo`ling poylab ko`zlarim toldiku,
Dilda aytilmagan so‘zlarim qoldiku.
Sevgi azoblari bag`rimni tildiku,
Ko`zda yosh, qalbda alam,
Azob bilan tashlab ketdingmu.

Sen misoli osmon yetmaydi qo`lim,
Sen tomon talpinar bechora dilim,
Bunday azobdan afzaldur o`lim,
Ko`zda yosh, qalbda alam,
Azob bilan qolurman o`zim.

Yoring yor bo`lsin, doim yoningda,
Tilayman, alam chekma umringda
Men bechora, misoli u dunyoda,
Ko`zda yosh, qalbda alam,
Azob bilan keturman men alvido.


DiyoraДата: Yakshanba, 12.Avgust.2012, 06:08 | Сообщение # 688

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Ertaklar sehriga cho’mgan tunlarim,
Hipchin bedov mingan, hushnud kunlarim,
Sho’x-sha’n, gohida hazin unlarim,
Men sizni sog’inib yashayotirman.

Goh yig’lab, goh shodon qaytdi nechalar,
Oqsuyak o’ynagan oydin kechalar.
Qadrdon o’yingoh, tuproq ko’chalar
Men sizni sog’inib yashayotirman.

Qo’y boqib qirlarda kezgan ul damlar,
Osuda saharlar, osuda shomlar,
Murg’ak yuragimni o’rtagan g’amlar
Men sizni sog’inib yashayotirman.

Umrim niholining cho’ng ildizlari,
Sirli osmonimning oy, yulduzlari,
Chaqmoqday umrimning yorqin izlari
Men sizni sog’inib yashayotirman.

Hasad, sohtalikdan begonaligim,
Haqiqat bobida yagonaligim
Bekligim, shoxligim, mardonaligim,
Men sizni sog’inib yashayotirman


DiyoraДата: Yakshanba, 12.Avgust.2012, 06:08 | Сообщение # 689

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Zor-zor yig'lab ketgandim
Asta bu ostonadan
Zor - zor yig'lab kechgandim
Shu gusal janonadan
Kechdim uzim sevganimdan
Yig'lab qoldi sevgimiz
Uchrashmasmiz endi bizlar
Endi sen, men, uzgamiz


DiyoraДата: Yakshanba, 12.Avgust.2012, 06:13 | Сообщение # 690

Подполковник


Сообщений: 873


[ 6 ]


Offline
Derazadan boqib, yosh to'kardi qizcha,
Hayotdan zavqlanib kuylardi bir qushcha.
Qizning qushchaga havasi keldi,
Ko'ziga yana yoshlari to'ldi.

Otasi va onasi qizchaga qayg'urardi,
Qiz esa ularni holi ne kechishin o'ylardi.
Kasalxona hovlisiga boqib, o'z o'limin kutardi,
Onasi esa sochin silab yig'layotgan qizini ovutardi.

Qiz: Onajon, ranjimang mendan, istamas edim,
Hayotda sizdan ko'p yaxshiliklar ko'rdim.
Axvolimga boqib qistayapti kulgim,
Lekin zarracha ham kelmayapti o'lgim...
Ishoning menga juda yashagim kelyapti,
Yuragim esa kun sayin sekinlashyapti.
Esingizdami, 4yoshga to'lgan edim,
Bo'larda kattakon bog'imiz,
Daraxtlar orasida o'ynab yurardim tashvishsiz.
Bir kun meni yo'qotib qo'ygan edingiz,
Bor ovozda baqirib, "Meni qo'rqitma qizim" dedingiz.
Nahot endi umrim bog'ida yo'qolaman takroran,
Topolmaysiz ming bora sarson bo'lib.
Ketganim so'ng bir biringiz asrang avaylang,
Qalbingizga ulkan sabrni joylang!!!
Yig'lamang, bir qatra yosh to'kmang,
Bu mening vasiyatim, shuni unutmang!

Qizning so'zlarin tinglab ona behol qolardi,
Olis o'tmishni eslab, o'ylarga tolardi.
***

Qizcha tug'ilganda biroz nimjonroq edi,
Ko'rgan odamlar boqib, "nogironmi?" derdi.
Ona asabiy bo'lib jerkib berardi,
Qizcha hech narsadan bexabar shodon kulardi.

Yillar o'tib qizaloq erka bo'lib ulg'aydi,
Ota - onasi hanuz ko'ngliga qaraydi.

Bir kun maktabdan qaytayotib qizaloq,
Yo'l - yo'lakay avaylab terdi qizg'aldoq.

Yo'lin qisqa qilish edi maqsadi,
Shu sabab to'xtab turgan poezdning ostidan o'tadi.

Ne bo'ldiki, bilmadi, quloqlar shang'illadi,
Poezd birdan harakatlanib, yurib ketadi.

Qizcha bilmaydi ne qilishin,
Sezib turardi yo'li emas, umri qisqarishin.

Shu dam birdan yotib oldi ko'zlarin yumib,
Onasi esa yo'l chetida turardi uni kutib.

Poezd o'tib kegach, ona tanish kiyimlarni ko'rdi,
Esin yo'qotgan qizcha sekin o'rnidan turdi.
Qo'rqib ketgan ona qizi tomon yugurdi,
Keyingi poezd kelguncha, uni yo'l chetiga olishga ulgurdi.

Qiz telbalardek ko'zin bir nuqtaga tikkandi,
Go'yo bu dunyo borligin u unutgandi.

Biroz o'ychan turib xushidan ketdi,
Onaizor uni uyi tomon eltdi.

Shundan so'ng qizchaning ahvolin tushunib bo'lmasdi,
Nomiga bo'lsa ham bir bor kulmasdi.

Ko'p davolanishlardan so'ng qizning ahvoli o'nglandi,
Bu vaqtda qizcha 19ga kirgandi.

U talaba edi o'sha damlar,
Havas ila boqardi unga odamlar.

Halokat butkul unutila boshladi,
Poezdni ko'rgach esa qizchaning jazavasi oshardi.

Bunga chek qo'yish maqsadida ota ko'chib ketishga qaror qildi,
Ona va qiz tezda uydagi buyumlarni yig'ishtirdi.

Ko'p qavatli uylarning biridan olishdi 2 xonalik uycha,
Qo'shnilar bilan tanishish uchun uyishtirishdi kichik bazmcha.

Kunlar o'tardi bir xil, qiz zerikardi,
Har kun institutga borib kelardi.

Bir kun ko'chada ketayotib nogoh,
Mashina kelib qolganidan bo'lmadi ogoh,
Mashina zarbiga berolmash u dosh, baqirdi deya "Oh",
Bunga bir yigitgina bo'lgandi guvoh.
Nomard shafyor ortga qaramay qochdi,
Yigitning esa bundan fig'oni oshdi.

Olib borishdi uni yana kasalxonaga,
Xabarni yetkazishdi sho'rlik onaga.

Qiz ahvoli o'nglanmog'in kutardi bo'lib betoqat,
Ona esa Ollohga qilar ibodat.

Yigit ham edi bularga hamrox,
Onaning dodlariga dosh berolmay chekardi oh.

Yigitning qizchaga juda havasi keldi,
Qiz hayotda bularga juda kerakligin bildi.

Qo'limdan kelsa edi, ularga yordam qilardim,
Bu qo'limdan kelsa, mamnun holda o'lardim.

Yetimxonada o'sgan bola bo'lsam, kimga ham kerakman,
Na bir yurtga foydam tekkan, na bir ustunman, na tirgakman.

Shu dam doktor kelib ularning yoniga,
Uni chet elga yubormoq lozimligin tushuntirdi,
"Ikkinchi halokat qizingizning yuragin urintirdi.
Qiz qo'rqib ketgach, yurakda o'zgarishlar,
Bizning qo'ldan hech narsa kelmaydi, besamar urinishlar."

Ota - ona o'yga toldi ne ham qilsin,
Chet elga hasta qizin qanday oborsin?

Axir bisotida bori shu ikki xonalik uyi,
O'yga tolgan otaning uchdi rangi ro'yi.

***

Shu dam chalg'idi onaning hayollari, xonaga kirib keldi ikki notanish,
Deraza ortidagi qushcha esa mayin etardi xonish.

Kelishilgan pullarni topshirishdi qizning otasiga,
Chiptalarni keltirib berdi onasiga.

Ota - ona xayron bu bizga emasdur, adashyapsizlar,
"Bu sizlarga, shoshilingiz samalyotga kech qolyapsizlar."

Bola ruxi shod bo'lib uchar edi falakda,
Ikki inson joni ekan bitta yurakda.
Oradan o'tib 8oy ular yurtiga qaytishdi,
Yigitning qabrin topib unga raxmat aytishdi.

O'z o'g'illaridek unga ehtirom yog'dirdi,
Har tong kelib qabrga, duo o'qirdi.

Bo'lgan voqea edi asli bunday,
Bundan xulosa chiqarar hamma har qanday:

Xuddi shu kasalxonada yana bir qizcha jon olishardi,
U uchun yuragin beruvchi bir donor izlashardi.

U ko'p umr ko'magan, atigi 17 yoshni qarshilagan,
Ota - ona esa u uchun yurak qidirib charchagan.

Unda bor edi, chiroy, qomat va boylik,
Umri esa qisqa, hayoti qolgan 2 oylik.

Ko'ksin yorib, hasta yurakni uloqtirish kerak,
Lek qizchaga topilmasdi sog'lom bir yurak.

Bundan xabar topgan yigit xursand bo'ldi,
Qizga donor bo'lmoqqa qaror qildi.


°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 69 из 99«1267686970719899»
Поиск: