[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 71 из 100«12697071727399100»
Модератор форума: SHUMBOLA 
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
SEVGILIM UCHUN sherlarim
ArmonchaДата: Dushanba, 03.Sentyabr.2012, 16:03 | Сообщение # 701

Рядовой


Сообщений: 10


[ 0 ]


Offline
Yoqimli so'zlardan bezgan bu ko'ngil,
Istagi tinglamoq bir sening so'zing.
Yoqmaydi sohta noz, sohta tuyg'ular,
Qanday nozik ediya sening ovozing.
Ancha vaqt o'tibdi, va lekin hamon,
Yuragim to'ridan bir dard ketmaydi.
Go'zallarni ko'rdim, go'zalim ammo,
Ularning hech biri senga yetmaydi.


SEVISHNI EPLASANG SEV
ArmonchaДата: Dushanba, 03.Sentyabr.2012, 16:05 | Сообщение # 702

Рядовой


Сообщений: 10


[ 0 ]


Offline
Shamol tuyg'ularim o'g'irlab ketdi,
Hayol o'shal bekatda qolib-la ketdi.
Hislar "sevgi" deya yurakka bitdi,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.

Eng baxtli kunmidi sizni kutgan kun?!
Kelmadingiz o'shanda bilmadim nechun.
O'sha kundan buyon qalbimda tugun,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.

Yechmoq ul tugunni qo'limdan kelmas,
Taqdirning siz uchun bitgani menmas,
"Sevaman" desalar ta'sir ham qilmas,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.

Ismingiz qoralab qalam titraydi,
Sizga yetolmagan alam titraydi.
Kuylasam honishim, nolam titraydi,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.

Har yerda izladim, ko'rmayin hatto,
Sizni ko'rmoqlikni etgaymi ato?
Sevish aybmi ayting, sevilish hato?
Balki sevgandirman sizni shunchaki.

Sizsiz kulgularim yo'qolib qoldi,
Sevgining dardlari baxt o'rnin oldi.
Sizdan hotir faqat she'rlarim qoldi,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.


SEVISHNI EPLASANG SEV
ArmonchaДата: Dushanba, 03.Sentyabr.2012, 16:06 | Сообщение # 703

Рядовой


Сообщений: 10


[ 0 ]


Offline
Sog'inib bir bora ko'rolmaganim,
Ko'rganda ham tuyib qarolmaganim.
Qiynalib bir ko'ngil so'rolmaganim,
Tuyg'ularim haqqi sizni SOG'INDIM.
Hijron azobidan yuragim pora,
Sizni sog'indim deb ayting bir bora.
Qalbim malhami shu bo'lsa zora,
Tuyg'ularim haqqi sizni SOG'INDIM!


SEVISHNI EPLASANG SEV
ArmonchaДата: Dushanba, 03.Sentyabr.2012, 16:07 | Сообщение # 704

Рядовой


Сообщений: 10


[ 0 ]


Offline
Zorim bu dunyoda sog'inch bir armon,
Qalbimni azoblar xijronlar xamon.
Yuragim bir sizga talpinar yomon,
Nima qilsin qalbim sizni SOG'INSA.

Istirob tuyg'usin totmoqda qalbim,
Sizni o'ylash bilan otmoqda tongim.
Ko'rgan tushlarimga kelar ishongim,
Nima qilsin qalbim sizni SOG'INSA.


SEVISHNI EPLASANG SEV
IYMON-NURIДата: Dushanba, 03.Sentyabr.2012, 20:44 | Сообщение # 705





[ ]


Bir kun malikaga o'xshab qolaman,

Gul qadalgan oppoq libos olaman,

Muzdek yuraklarga o'tlar solaman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun ko'z o'ngimda gullaydi bahor,

Oyqizlar tegramda aytishar yor-yor,

Menga gullar tutar meni suygan yor,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun mahkam quchib Dadam bo'yini,

Singlimga tutqazib erka kuyimni,

Yig'lab tark etsam-da ota uyimni,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kuni yor-yorga to'lar samolar,

Yo'limda tutashar ko'kka olovlar,

Bobom va buvimdan olib duolar,
Men baxtli bo'laman ishonavering...

Bir kuni honamga baxtlar to'ladi,

Oynadan go'zal bir kelin kuladi,

Dadam juft, ayam ham ikta bo'ladi,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kuni yuzimga upolar surib,

Boshimga popukli ro'mollar o'rab,

Qizchalar chiqishar ro'molcha so'rab,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kuni charog'on bo'ladi kunlar,

Guldonda ochilar oq atirgullar,

Hovli-ko'chalarga sepkanda suvlar,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun ULAR uchun sarpo teraman,

Ko'zlariga o'tdek yonib turaman,

Borsangiz, Sizga ham salom beraman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering

Bir kuni fayzli bir joy tuzataman,

Dadajon, Ayajonga choy uzataman.

Begimni ko'chaga shod kuzataman,
Men baxtli bo'laman, ishonavering

Bir kun polvonimga aytsam allalar,

Uyimga to'lar so'ng beshik-yallalar,

To'ybola Ayasi bo'lgan pallalar,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun nigohlarim bo'lar bo'lakcha,

Orzularim sari baxtdan yo'lakcha,

Qizchamga kuydirib atlas ko'ylakcha,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kuni boshimdan yog'ar yog'dular,

Meni tark etadi g'amlar-qayg'ular,

Farzandlarim uchun qilib orzular,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kun termulsalar ko'zimga kulib,

Ko'zlaridan boqiy sevgisin bilib,

Begim bekligini duolar qilib,
Men baxtli bo'laman, ishonavering...

Bir kuni uzilmas rishta bog'lasa,

Bir kuni ishonchlar o'zin oqlasa,

Bir kuni... Bir kuni Hudo xohlasa,
Men baxtli bo'laman, ishonavering!
IYMON-NURIДата: Seshanba, 25.Sentyabr.2012, 22:02 | Сообщение # 706





[ ]


Hijronlar qalbimni buncha ezadi,
Armonlar orzuning qasrin buzadi.
Yuragim bir senga zorlik sezadi,
Men seni judayam, juda sog‘indim.

Armondir dardimni aytolmaganim,
G‘ururni yiroqqa haydolmaganim,
Armondan og‘irdir qaytolmaganim —
Men seni judayam, juda sog‘indim.

Ko‘ngilning ming bitta zori bo‘lsa ham,
Imtihon dunyoning kori bo‘lsa ham,
Iqrordan dilimning ori bo‘lsa ham —
Men seni judayam, juda sog‘indim.

Dardimni aytmadim, tishladim tilni,
Hijrondan ming karra g‘ashladim dilni,
Topmadim sen tomon boshlagan yo‘lni
Men seni judayam, juda sog‘indim.

Yillarki izlayman bosgan izingni,
Ko‘zimda ko‘raman qora ko‘zingni,
Qaniydi, bir bora ko‘rsam o‘zingni,
Men seni judayam, juda sog‘indim
IYMON-NURIДата: Seshanba, 25.Sentyabr.2012, 22:06 | Сообщение # 707





[ ]


Dunyodan kechganman – sen ham mendan kech,
Yuragim adog’in ko’zlama, jonim,
Quyoshim vasliga yetolmadim hech –
Qo’yib ber – yig’lasin bugun osmonim.

Men senda yorimni ko’rib adashdim,
Men senga jonimni qildim omonat.
Men senga borimni berib adashdim –
Qo’yib ber – kuylasin bugun nadomat.

Endi ayriliqdan tonganim bekor,
Alamli so’nggiga yetdi ertagim.
Seni deb bir umr yonganim bekor –
Qo’yib ber – muzlasin bugun yuragim.

Men ojiz – yuraging o’zgaga tortar,
Ichimda tosh bo’lib qotdi rashklarim.
Ertaga ko’zlarim o’zga yor artar –
Qo’yib ber – tinmasin bugun ashklarim.

Diydorning kasriga g’urur qoldimi,
Qasos olmoqlikka hozir yolg’izlik.
Vaslingga yetishmoq armon bo’ldimi –
Qoyib ber – yayrasin bugun sensizlik.

Baxt deb bilgan yoring qo’llaridan tut,
Mening qo’lim tutgan sodiq alamim.
Har qanday so’zingga dil saqlar sukut –
Qo’yib ber – so’ylasin bugun qalamim!
IYMON-NURIДата: Seshanba, 25.Sentyabr.2012, 22:06 | Сообщение # 708





[ ]


Kechish mumkin go'zal bahordan,
Undan kechsam jonim o'lmaydi.
Atirguldan kechish mumkinu,
Nega sizdan kechib bo'lmaydi?
Yulduzarga tutindim sirdosh,
Quyosh chiqsa yulduz kulmaydi.
Hammasidan kechish mumkinu,
Nega sizdan kechib bo'lmaydi?
Ismingizni qalbimga yozdim,
Kim sevganda yonib sevmaydi?
Jonu tandan kechish mumkinu,
Nega sizdan kechib bo'lmaydi?!
IYMON-NURIДата: Seshanba, 25.Sentyabr.2012, 22:10 | Сообщение # 709





[ ]


Yomgir yogar tepamda sharros
Osmon qora kiyib yeglaydi
Naxot sandan ayrilganim rost
Achchiq savol qalbim tiglaydi
Kozlarimda xalqa xalqa yow
Yurak esa dardli bozlaydi
Olib ketding bugun qayga bow
Nigohlarim seni izlaydi.
Naxot endi qarwimda yoqsan
Hayolimda kechasan faqat
Sen koksimda qadalgan oqsan
Ravo kordi shuni muxabbat
Yomgir yogar tepamda sharros
Osmon qora keyib yeglaydi
“samo tiygin yoshingni bas,
Sevgim endi qaytib kelmaydi”
SHAYDOДата: Seshanba, 16.Oktyabr.2012, 13:34 | Сообщение # 710

Сержант


Сообщений: 23


[ 1 ]


Offline
Maftun etmas maftunkorlar xam
Qiziqtirmas ko'ngli borlar xam
Yuragimni tirnar bitta g'am
Qaniydi xozir sani bir bora ko'rsam
Qalbingizdan o'chmas bo'lib izim qolur
Sog'inganda meni aslo topolmaysiz
Chexrangizda ma'no boqqan ko'zim qolur
Dunyo kezib o'shal ko'zni topolmaysiz.
Hayolingiz olib ketsa yiroqlarga
Javob topmay qiynalsangiz so'roqlarga
Taskin topmay bosh ursangiz oyoqlarga
Taskinlarga loyiq so'zni topolmaysiz.


Жонсиз тошга сигинармиш одамлар.
Аллох буюк ким болибди санамлар.
Жонимиздан азиз билиб иймонни.
Яратганга якин болинг одамлар.
°๑۩UZBEKCHA-FORUM۩๑ ° » Umumiy bo'lim » She'riyat olami » SEVGILIM UCHUN sherlarim (SEVGILIM UCHUN sherlarim)
Страница 71 из 100«12697071727399100»
Поиск: